So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  2 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  7 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  6 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

"Eyr Fors" ustozi Ayub Odisho: "Murabbiylar ishlab chiqqan reja uchun ham rahmat aytaman" Yangiliklar

"Eyr Fors" ustozi Ayub Odisho: "Murabbiylar ishlab chiqqan reja uchun ham rahmat aytaman"

OCHL guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan OKMK - "Eyr Fors" uchrashuvidan (1:2) so'ng mehmon jamoa ustozi Ayub Odisho matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Eyr Fors" ustozi Ayub Odisho: "Bugungi bahsdagi o'yinimizdan juda xursand bo'ldim. SHogirdlarim bilan faxrlanaman.

G'alabadan ko'nglim to'ldi. Murabbiylar ishlab chiqqan reja uchun ham rahmat aytaman. Raqibimizga keyingi o'yinlarda omad tilayman va biz navbatdagi bosqich masalasini ijobiy hal qilamiz deb o'ylayman".

- "Eyr Fors"ning Toshkentga kelishi oson bo'lmadi. Kechikib kelishdi. Hatto rasmiy mashg'ulotda ishtrok etishmadi, biroq ular g'alaba qozonishdi. "Eyr Fors" futbolchilari maydonga tez ko'nikib, bemalol harakat qilishdi, bu nima bilan bog'liq?

- To'g'ri. Kelishimizda muammolar paydo bo'ldi. Biroq bor etiborni o'yinga qaratdik va hammasi biz kutgandek yakun topdi. Mezbonlik uchun sizlarga rahmat aytamiz. Sizlarni Iroqda kutib qolamiz.

- Futbolchiga savol. Ikki o'yinda 4 ochko, qaysi klub keyingi bosqichga chiqadi?

- Bu haqida gapirishga ancha erta. To'g'ri yaxshi ochko to'pladik. "Sepaxon" va "Al Ittihod" ham yaxshi jamoalar, ularga qarshi qiyin o'yinlar bor.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика