"Eyr Fors" klubining Toshkentga kech etib kelgani sababi malum
02 okt 2023 12:49
Yangiliklar
"Eyr Fors" klubining Toshkentga kech etib kelgani sababi malum
Iroqning "Eyr Fors" klubi kuni kecha Toshkentga etib keldi. Jamoa OKMKga qarshi Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichi doirasidagi o'yinga kelish uchun fuqarolik samolyotini ijaraga olgan.
Klub rahbariyati azosi Muvafaq Zidanning takidlashicha, klubnig kechikishiga havo yo'nalishi orqali uchib ketishi kerak bo'lgan qo'shni mamlakatlardan ruxsat olishda yuzaga kelgan muammolar sabab bo'lgan. Jumladan, Tog'li Qorabog' voqealari tufayli Ozarbayjon o'z osmonidan uchib o'tishga ruxsat bermagan. SHu bois, jamoa parvozi kechroqqa qoldirilgan va 150 ming AQSH dollari evaziga "Iroq Airways" kompaniyasidan fuqarolik samolyoti ijaraga olingan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Eyr Fors"ning juma kuni xususiy harbiy samolyotda Toshkentga uchishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandik.
OCHL 2-turidan o'rin olgan OKMK — "Eyr Fors" uchrashuvi Olmaliq shahrida soat 17:00 da start oladi.
AGMK Siavash Haghnazari - 81' AFC Champions League Grp. C . 2-tur 02/10/2023, 18:00
Al Quwa Al Jawiya Ali Jasim - 2', Sanzhar Tursunov - 48'
Fikrlar