Evseev: O'runovning salohiyati kuchli
30 okt 2020 20:55
Yangiliklar


Evseev: O'runovning salohiyati kuchli
"Ufa"ning klubi sobiq bosh murabbiyi Vadim Evseev YouTube'dagi "Komment SHou" dasturida aynan Boshqirdiston klubidan Moskvaning "Spartak"iga ko'chib o'tgan hamyurtimiz Oston O'runov haqida gapirdi.
— O'runovning kuchli jihatlari nimada? Nima uchun u "Spartak"da muvaffaqiyatsizlikka uchradi?
— CHunki "Ufa" — bu "Ufa", "Spartak" — bu "Spartak". Unga vaqt kerak. Uning kuchli tomonlari — tezlik va kuchli dribling. Ostonda katta salohiyat bor, xuddi Vlashich singari.
— U Vlashichning darajasiga eta oladimi?
— Ehtimol, lekin buning uchun ko'p ter to'kishi kerak.
Malumot uchun, 19 yoshli O'runov RPLning joriy mavsumida 5 ta o'yin o'tkazdi va 2 bor sariq kartochka "ishlab oldi".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar