So’nggi yangiliklar

02:19Англия. Муҳаммадали Ўринбоев "Брентфорд B" таркибида гол урди ва жамоасининг ғалабасига ҳисса қўшди  2 01:18"Бавария" Тухелнинг ўрнини эгаллаши кутилаётган номзод билан музокараларни бошлаб юборди  1 00:52Икер Касильяс ЕЧЛ финалида "Реал" дарвозасида ким туриши кераклигини айтди  2 00:30Чемпионларни сақлаб қолиш: "Байер" ёзда кимларни йўқотиши мумкин? (мутолаа учун)  0 00:11"Реал" Мбаппе трансферини Чемпионлар лигаси финалидан сўнг эълон қилади!  7 23:30Ривалдо ЕЧЛ финали ҳақида: "Боруссия Д" ғалаба қозонади"  17 23:22Расман: Килиан Мбаппе июнь ойида ПСЖни тарк этишини эълон қилди  14 23:09Бразилия термаси Америка кубоги учун қайдномасини эълон қилди. Рўйхатда Каземиро йўқ  7 22:42Хуммельс ЕЧЛда ҳафта ўйинчиси деб топилди. Матс Винисиусни ортда қолдирди  5 22:20Про лигада 7-тур ортда қолди. Турнир жадвали қандай кўринишда?  1 22:03Футзал бўйича Олий лига. "Oil Star" "Навбаҳор"ни мағлубиятга учратиб, кумуш медалларга эга чиқди!  1 21:30ОФК Куала-Лумпур шаҳрида терма жамоалар мураббийлари учун конференция ўтказди. Катанец бу конференцияда кўриниш бермади  11 21:00Про лига. "Бухоро" йирик ҳисобда "Олимпик-MobiUz"ни мағлубиятга учратди  34 20:51Гнабри жароҳати сабаб мавсумнинг қолган қисмини ўтказиб юборади  2 20:35Ўша машҳур дўппи аукционда 50 миллион сўмга сотилди!  14

Evropaning eng vafodor futbolchilari. Muxlislar ularni boshida ko'tarib yurishi kerak Yangiliklar

Evropaning eng vafodor futbolchilari. Muxlislar ularni boshida ko'tarib yurishi kerak

Zamonaviy futbol biznesga aylanganiga ancha bo'ldi.

Futbolchilar deyarli har yili klubini o'zgartirib, moliyaviy jihatdan foydaliroq bo'lgan shartnomani izlashmoqda. Ko'pchilik yaxshigina daromad uchun xatto eng ashaddiy raqibi safiga o'tishga tayyor. Ammo o'z klubida qolish uchun maoshi kamayishiga tayyor bo'lgan futbolchilar hali ham bor. Afsuski bunday o'yinchilar ko'p emas. Biz shunday futbolchilarning to'qqizligini etiboringizga havola qilamiz.


9. Serxio Buskets, "Barselona". 12 yil va 4 oy

Buskets - "Barselona" futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi. U sakkiz marta Ispaniya, uch bora CHempionlar ligasi, olti marta Ispaniya Kubogi sovrinini qo'lga kiritgan. Serxio 2008 yildan beri Kataloniya klubining asosiy jamoasida o'ynaydi. To'g'ri, u faoliyatini "Barselona"da yakunlashi aniq emas. Buskets kelajakdagi rejalarini yashirayotgani yo'q: Serxio kataloniyaliklar bilan shartnomasi yakunlanganidan so'ng MLSda o'ynamoqchi.


8. Xavi Lopes, "Espanol". 13 yil va 4 oy

Lopes 2000 yillar o'rtasidan "Espanol" sharafini himoya qiladi. Uning asosiy jamoadagi debyuti 2009 yilda sodir bo'lgan. To'g'ri, u o'sha mavsum asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmadi. Xavi 2010/2011 mavsumda Maurisio Pochettino yordami bilan bosh jamoa tarkibiga qo'shildi. Biroz vaqt o'tib unga sardorlik bog'ichi topshirildi. 2017 yilda "Espanol" rahbariyati futbolchilar bilan shartnoma uzaytirishni cho'zib yurdi, ammo yakunda muhim o'yinchilarga bitimlar taklif etildi. Lopes hali ham "Espanol" sharafini himoya qilmoqda.


7. Bruno Soriano, "Vilyarreal". 13 yil va 4 oy

Bruno - "sariq suvosti kemasi" tarbiyalanuvchisi. U asosiy jamoadagi ilk uchrashuvini 2006 yilda o'tkazgan. Soriano "Vilyarreal"ga vafodorligini jamoa Segundaga tushib ketganida isbotlagan. O'shanda u "Valensiya" taklifini rad etgan edi. 2013 yilda uning "Rubin"ga o'tishi mumkinligi haqida mish-mishlar paydo bo'lgandi. Ammo futbolchi faoliyatini "Vilyarreal"da yakunlaydigan ko'rinadi. Bruno va klub o'rtasidagi bitim 2020 yilda yakuniga etadi. Soriano bu jamoa safida 416ta uchrashuv (klub rekordi) o'tkazgan.


6. Semmi Bossyut, "Zyulte-Varegem". 13 yil va 4 oy

Bossyut 13 yildan beri "Zyulte-Varegem" darvozasini himoya qilib kelyapti. U hech qachon nufuzliroq klubga o'tish haqida o'ylamagan. Futbolchi faoliyatidagi eng yirik muvaffaqiyat 2012/13 mavsum Belgiya chempionatidagi kumush medallar bo'lgan.


5. Jorjo Kellini, "Yuventus". 14 yil va 4 oy

Kellini - "Yuventus"ning haqiqiy afsonasi. U qiyin davrlarda jamoasi joniga oro kirgan. Turin klubi kelishilgan o'yinlar mojarosi tufayli B Seriyaga tushirib yuborilgandi, Jorjo va boshqa futbolchilar "Yuve"ni tark etmay, uni elitaga qaytarishdi. Kellini "keksa sinora" safida sakkiz marta Italiya chempionati, 3 marta mamlakat Kubogi va to'rt marotaba Italiya Superkubogi sovrinini qo'lga kiritgan. Futbolchi "zebralar" safida 385ta uchrashuv o'tkazishga muvaffaq bo'ldi. Jorjo "Yuventus"ning chempionatdagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan so'ng 2010 yilda "Real"ga o'tishi mumkin edi, ammo transfer amalga oshmadi. Keyinroq futbolchi ikkita yo'l borligi haqida aytdi: "Yoki klub seni sotib yuboradi, chunki unga kerak emassan yoki jamoada qolasan". "Yuventus" o'z afsonasini sotmadi.


4. Franchesko Manyanelli, "Sassuolo". 14 yil va 4 oy

Yarim himoyachi 14 yildan beri bir klub tizimida futbol o'ynaydi. U "Sassuolo" safida 386ta uchrashuvda maydonga tushgan. Futbolchi jamoasiga A Seriyaga chiqishga yordam berdi. Franchesko o'tkazilgan o'yinlar soni bo'yicha "Sassuolo" rekordchisi hisoblanadi.


3. Lionel Messi, "Barselona". 15 yil va 10 oy

Messi 17 yoshidan beri "Barselona" asosiy jamoasi sharafini himoya qiladi. O'shandan beri u klub bilan 10ta Ispaniya chempionati, 4ta CHempionlar ligasi, 6ta Ispaniya Kubogi, 8ta Ispaniya Superkubogi, 3ta Superkubogi, 3ta klublar o'rtasidagi jahon chempionati bosh sovrinini qo'lga kiritdi. Leo 6 marta Ispaniya chempionati va CHempionlar ligasi to'purariga aylandi. Ko'plab klublar argentinalikka qiziqish bildirdi va bu qiziqishlar to'xtagani yo'q. 2014 yilda PSJ rahbariyati "Barselona"ga Messining shartnomasida belgilangan 250 mln. evro taklif qildi. Ammo Lionel klubini o'zgartirishni istamadi. SHu bilan birga "Manchester Siti" tomonidan qiziqish bo'ldi. Argentinalikning shartnomasidagi hozirgi tovon puli 700 mln. evro.


2. Loik Perren, "Sent-Eten". 16 yil va 4 oy

Loik Perren - "Sent-Eten" tarbiyalanuvchisi. Jamoa sardori 2008 yildan beri klubda. Perren - 2012/13 mavsum Franciya liga Kubogida zafar quchdi. Birinchi sovrinidan so'ng futbolchiga ko'plab klublar qiziqa boshladi. Ammo u faqat CHempionlar ligasida muntazam qatnashadigan klubga o'tishini malum qilgan. "Arsenal"dan taklif bo'ldi, ammo ish transfergacha etib bormadi. Keyinroq Parren faoliyati oxirigacha "Sent-Eten"da qolishini elon qildi. Futbolchi 2018 yilda klub safidagi 400-uchrashuvini o'tkazdi.


1. Igor Akinfeev, CSKA. 16 yil va 10 oy

CSKA posboni eng vafodor futbolchilar ro'yxati etakchisi deb topildi. Igor 5 yoshidan beri "armiyachilar" safida va u 16 yoshida asosiy tarkibda debyut qilgan. Evro-2008dagi muvaffaqiyatli ishtirokdan so'ng Akinfeevning "Bavariya"ga o'tishi borasida mish-mishlar paydo bo'ldi, ammo u erga Noyerni taklif qilishdi. O'sha qishda "Manchester Yunayted" va "Arsenal" haqida yangi mish-mishlar avj oldi. Darvozabon butun faoliyatini CSKAda qolishga qaror qildi. CSKA prezidenti Evgeniy Giner intervyularining birida shunday degan: "CSKA - Akinfeevning uyi, Igor klubning katta xo'jayini". Posbon CSKA safida 732ta uchrashuv o'tkazishga muvaffaq bo'lgan.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика