Evropa. Yana ikki chempionat bahslari davom ettiriladi
13 may 2020 00:53
Yangiliklar
Evropa. Yana ikki chempionat bahslari davom ettiriladi
Koronavirus pandemiyasi tufayli to'xtatilgan Portugaliya chempionati bahslari 4 iyundan davom ettirilishi malum qilindi.
Mart oyida to'xtatilgan Portugaliya birinchiligining 24-turidan keyin musobaqa jadvalini "Portu" boshqarmoqda (60 ochko). Ikkinchi o'rindagi "Benfika" hisobida 59 ochko bor. Uchinchi pog'onani "Braga" klubi (46 ochko) band qilgan.
SHuningdek, 23 may kuni CHexiyada ham futbol mavsumi qayta tiklanishi elon qilindi. CHexiya chempionatining 24 turidan so'ng musobaqa jadvalida quyidagi klublar etakchilik qilmoqda:
1. "Slaviya" (58)
2. "Viktoriya" (50)
3. "Yablonec" (40).
Eslatib o'tamiz, 16 may kuni Germaniya Bundesligasi bahslari ham qaytadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar