So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Evropa TOP-5 chempionatida gol urgan birinchi shimoliy koreyalik futbolchi haqida Yangiliklar

Evropa TOP-5 chempionatida gol urgan birinchi shimoliy koreyalik futbolchi haqida

"Kalyari" yangi yulduzni tarbiyalayaptimi?

2017 yilning 10 mart sanasida Kalyari shimoliy koreyalik Xan Kvan Sonning transferini elon qildi. 2014 yilda u U-16 Osiyo CHempionatida g'olib chiqdi, bir yildan so'ng U-17 Jahon chempionatida ishtirok etdi. Kalyari klubi rasmiy sayti xabariga ko'ra 18 yoshli Xan ikkala oyog'ida zarba bera olishi, driblingi, golni his qilishi va o'yinni tushunishi tufayli transfer qilingandi.

14 mart kuni Xan Kalyari yoshlar jamoasi safida Viaredjodagi musobaqada gol urgandi. Sardiniya klubi Parmani mag'lub etgan 4:1, Xan esa asosiy jamoaga yo'l olgandi.

19 mart kuni u Lacioga qarshi uchrashuvda zaxirada o'tirdi. 2 aprel kuni esa Palermoga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushdi. SHu tariqa Xan Kalyari safida maydonga tushgan ilk osiyolik, Evropaning top-5 chempionatlarida o'ynagan birinchi shimoliy koreyalik futbolchiga aylandi.

O'tgan hafta Xan A seriyada ikkinchi bor maydonga tushdi. U Torinoga qarshi bahsda 14 daqiqa harakat qilib gol urishga ham erishdi. Italiya chempionatida jami 19 daqiqa va 1 gol ajoyib natija.

Italiya A seriyasidagi ilk golimdan juda ham xursandman, – deydi hujumchi o'yindan so'ng. – Muxlislar, murabbiylar va jamoadoshlarimga rahmat aytaman. Kalyarida o'zimni yaxshi his qilayapman. Mening sevimli o'yinchim? Menga Krishtianu Ronaldu yoqadi.

sports.ru saytidan Narzulla tarjima qildi


P.S. Xan Kvan Song 2014 yilgi Osiyo chempionatida O'zbekiston darvozasiga gol urgandi. Aleksandr Mochinov boshchiligidagi o'smirlarimiz guruh bosqichida KXDR ustidan 3:2 hisobida g'alaba qozonishgandi. Xan gollardan biriga mualliflik qilgandi. O'zbekiston safida Suhrob Nurulloev (ikkita) va Abdug'ani G'anijonov gol urgandi.



Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика