So’nggi yangiliklar

12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 12:55"Манчестер Сити" "Болонья" ҳимоячисини нишонга олди  0 12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  3 11:35Қойил, Саудия ҳаммасини эплаяпти  13 11:18Бугунги ўйинлар: Эрон U-23 — Ўзбекистон U-23 ва бошқалар  0 10:47Эрлинг Холанд кетма-кет олтинчи марта Норвегиянинг "Йил футболчиси" деб топилди  1 10:19Дембеле 30 миллионлик таклифни қабул қилмади. Унинг ўз талаби бор  3 09:50"Челси" "Барселона" футболчиси учун 150 миллион бермоқчи  5 09:23"Реал" футболчиси Африка Миллатлар Кубогида рекорд ўрнатди  5 08:57"Манчестер Сити" "Рома"дан ҳимоячи олиб келмоқчи  3 08:41Расман. Шаҳбоз Умаров "Бунёдкор" футболчиси  4 08:30"Машъал" етакчиларидан бири фаолиятини Тошкентда давом эттиради  2 07:59Скалони Мессининг 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок этиши ҳақида: У ўзи қабул қилиши керак бўлган қарорни қабул қилсин  6 07:29U-23 Осиё кубоги. Бугун Эронга қарши ўйнаймиз  11

Evropa millatlar ligasi. Bugun qura Yangiliklar

Evropa millatlar ligasi. Bugun qura

Bugun SHveycariyaning Lozanna shahrida Millatlar ligasi turniri uchun qura tashlanadi.

Ushbu tadbir Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi. Qura marosimini Match! Futbol 1 kanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.

2018 yilning sentyabr oyida boshlanadigan millatlar ligasida qatnashadigan jamoalar UEFA reytingi asosida divizionlarga ajratilgan edi.

A va B ligalarda 3ta jamoadan iborat 4ta guruh tashkil etiladi. C ligasida bitta 3ta jamoadan tashkil topgan va uchta 4ta jamoalik guruh bo'ladi. D ligada 4ta jamoadan tashkil topgan to'rtta guruh mavjud bo'ladi. O'yinlar 2018 yilning sentyabr-noyabr oylarida uyda va mehmonda bo'lib o'tadi (har bir terma jamoa guruh sig'imiga ko'ra 4-6ta o'yin o'tkazadi).

A ligasidagi to'rt guruh g'oliblari 2019 yilning iyun oyida bo'lib o'tadigan final bosqichiga chiqishadi. Mezbonlarni UEFA 2018 yilning dekabr oyida ishtirokchilar orasidan tanlab oladi. B, C va D guruhi g'oliblari darajasini ko'tarish uchun uchrashuvlar o'tkazishadi. A, B va C liga guruhlarida so'nggi o'rinni egallagan jamoalar darajasi bir pog'ona pasayadi.

Evropa terma jamoalari millatlar ligasi g'olibligi yoki daraja o'sishi yoki o'z divizionida qolish uchun kurashishadi.

Turnir haqida to'liq malumot: EVROPA MILLATLAR LIGASI

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика