So’nggi yangiliklar

12:10Саудия Арабистони элчиси ЖЧ-2034да спиртли ичимликларга рухсат берилмаслигини айтди  0 11:46Месси Adidas компаниясининг янги бутсасини тақдим этди  4 11:25«Челси»нинг асосий футболчиларидан бири камида 1 ойга сафдан чиқди  5 11:10U-20 Осиё кубоги. Терма жамоалар ҳақида фактлар  2 10:59U-20 Осиё кубоги олдидан. Жамолиддин Раҳматуллаев: "Бу ёшдаги жамоа кўп нарсага қодир, улар чемпионликни ҳимоя қила олади"  1 10:48«Ливерпуль» тарихида бундай ҳолат 113 йилдан сўнг илк бор содир бўлди  7 10:32U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон мусобақанинг дастлабки турларида мағлубиятга учрамаган   2 10:19Златан Ибрагимович: « У сеҳрли футболчи»  2 09:50МЮ 30 йил ишлаган жамоа бошлиғини ишдан олди ва яна...  3 09:22АПЛнинг яна бир машҳур жамоаси араб шайхларининг қўлига ўтиши мумкин  2 08:54«Арсенал» ҳужумдаги жароҳатлар сабабли «Ливерпуль» футболчисини сотиб олмоқчи  3 08:28EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  22 07:56Қўқондаги «Марказий» стадиондаги қурилиш ишлари қандай кетмоқда?  7 07:25Бугун Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Осиё кубогидаги юришини бошлайди  11 02:55ЕЧЛ. "Бавария" меҳмонда ғалаба қозонди, "Милан" эса мағлуб бўлди  19

Evropa ligasi. "Manchester Yunayted" "San-Siro"da g'alabaga erishib, chorak finalga yo'l oldi Yangiliklar

Evropa ligasi. "Manchester Yunayted" "San-Siro"da g'alabaga erishib, chorak finalga yo'l oldi

Evropa ligasining 1/8 finalidan o'rin olgan "Milan" - "Manchester Yunayted" bahsining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Milan Italiya – Manchester Yunayted Angliya 0:1

Gol: Pogba (48, 0:1).

Milan – Donnarumma, Kalulu (Diogu Dalot, 65), Teo, Tomori, Ker, Krunich (Braim Dias, 72), Kessie, Meyte, CHalxanoglu, Salemakers, Kastilexo (Ibragimovich, 65).

Manchester Yunayted – Xenderson, Lindelef, Maguayr, SHou, Uan-Bissaka, Jeyms, Maktomini, Brunu Fernandesh, Fred, Reshford (Pogba, 46), Grinvud.

Ogohlantirish: Kalulu (65), Diogu Dalot (77), Ker (85), SHou (90+3), Teo (90+5).

Dastlabki o'yin - 1:1

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Manchester Yunayted" "San-Siro"da g'alabaga erishib, chorak finalga yo'l oldi.

"Yunayted" ushbu mavsumda safar jamoasi bo'lib oldi. Dastlabki o'yindan keyin murakkab holatda qolib ketgan Sulsher shogirdlari yana safarda o'zlarini ko'rsatishmoqda.

90+2. UXXXX!! Meyte hozir Zlatan tomon yaxshiroq pas berganida hisob tenglashishi mumkin edi.

Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shib berildi.

88. ZARBAAAAAAA!!! Jeymsning qanotdan oshirgan to'piga Pogba boshi bilan zarba yo'lladi. To'p darvozaning yuqorisidan o'tib ketdi.

85. UXXXXXXX!! Diasning pasidan keyin Maktomini darvozasi tomon tepib yubordi. Ammo Xenderson to'pni ushlab oldi.

82. "Milan" bosim uyushtirmoqda. Ammo vaziyatlar yarata olmayapti.

78. Brunu uzoq masofadan jarima zarbasidan Jiji tomon to'pni tepdi. Darvozabon to'pni ushlab oldi.

74. ZARBAAAAA!! Zlatan boshladi!!! Uning boshi bilan yo'llagan zarbasini Xenderson qiyinchilik bilan qaytardi!

71. Teoning chiroyli pasi Zlatan tomon mo'ljallangandi. Xenderson to'pga peshvoz chiqib, boshi bilan qaytarib yubordi.

65. Nihoyat, biz kutgan onlar! Zlatan maydonga tushdi!

59. "Yunayted"da xavfli vaziyat bo'lishi mumkin edi. Maguayr fol ishlatib, boshi bilan zarba yo'lladi.

54. UXXXXX!! CHalxanogluning kuchli zarbasi Maguayrning qorniga tegdi. 100 kilolik inson bu zarbani his qilgani ham yo'q.

52. ZARBAAAAAA!!! Grinvud bir raqibining taqibi ostida zarba yo'llay oldi. Jijidan ajoyib seyv!

50. ZARBAAAAAA!!! Salemakersning zarbasini Xenderson qaytarishga erishdi.

48. GOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! "Yunayted"ning uzoq vaqt davom etgan hujumi 2 daqiqa oldin maydonga tushgan Pol Pogbaning goli bilan yakunlandi!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

45. ZARBAAAAAA!! Krunichning zarbasi biroz noaniq ketdi.

41. ZARBAAAAA!! Salemakersning kuchli zarbasini Xenderson burchakka chiqarib yubordi.

40. Bizga Zlatanni juda ko'p bora ko'rsatishdi. U ikkinchi bo'lim boshidayoq asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.

33. "Milan"da vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi. Ammo Xenderson to'pni ushlab oldi va Kerga zarba berishiga yo'l qo'ymadi.

30. Hozircha hujumlar ko'rmayapmiz. Vaziyatlar yuzaga kelmayapti.

25. O'yin teng kurashlar ostida kechmoqda.

19. "Yunayted" hujumga o'tgandi. SHou qanotdan pas oshirgandi va uni Ker burchakka chiqarib yubordi.

13. ZARBAAAAA!! Brununing zarbasi noaniq ketdi.

11. "Yunayted"da yana bir hujum. Jeymsning qanotdan markaz tomon uzatgan pasini Ker qaytarib yubordi.

3. XAVFLI VAZIYATTTTT!! Grinvudning ajoyib pasidan keyin Reshford gol urishi mumkin edi. Biroq to'p uning ortidan o'tib ketdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Evropa futbolidagi klassik to'qnashuv "Milan" hamda "Manchester Yunayted" jamoalari o'rtasidagi bahsning startiga ham oz vaqt qolmoqda. Uchrashuvni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика