Evropa ligasi. Final chiptasi uchun kurash boshlanmoqda
24 apr 2014 17:16
Yangiliklar
Evropa ligasi. Final chiptasi uchun kurash boshlanmoqda
Ispaniyada "ispancha" yarim final ko'ramiz."Sevilya" o'z uyida "Valensiya"ni qabul qiladi. Portugaliyada esa chempionlikni rasmiylashtirgan "Benfika" va Italiyada chempionlikni rasmiylashtirishga yaqin turgan "Yuventus" Evropa ligasi finali uchun kurash olib borishadi.
Ispaniyaning ikkala jamoasi ham chorak final javob o'yinida fantastik o'yin namoyish qilib, juda qiyin vaziyatdan chiroyli tarzda chiqib keta olishdi. "Sevilya" kimsan "Portu"ni taslim etgan bo'lsa, "Valensiya" "Bazel" qarama-qarshiligida g'olib xolda yakunladi. Kuchli iroda va o'tkir hujum tashkil etadigan ushbu jamoalar endi final chiptasi uchun bahs olib borishadi. Uchrashuvda favorit jamoa deb hech bir klubni aytib bo'lmaydi. Bu yarim final o'yinida haqiqiy ispancha futbol ko'rish mumkin. "Valensiya" jamoasi uzoq yillardan buyon sovrinsiz qolib ketmoqda va jamoa aynan shu musobaqa orqali o'z chanqoqlarini bosishni istashmoqda. "Sevilya" jamoasi ayni paytda juda yorqin futbol namoyish etishmoqda. Ayniqsa chorak final javob o'yinidagi "Portu"ga qarshi kechgan bahs bunga yorqin misol bo'la oladi. Ispaniya futboli ishqibozlari uchun ushbu juftlikdagi o'yin haqiqiy "desert" bo'ladi.
Ikkinchi juftlik o'yini ham qiziqarlik borasida qolishmaydi. "Benfika" jamoasi ushbu turnirda qanday ishtirok etishni yaxshi biladigan klub sanaladi. O'tgan yili aynan shu jamoa finalda "CHelsi"ga raqiblik qilgan edi. So'nggi daqiqalar qurboni bo'lgan "Benfika" bu yili ham bosh sovrin uchun kurash olib boradi. Ushbu yo'lda ular avvaliga "Yuventus"ni dog'da qoldirishlari talab etiladi.
Turin jamoasi Evropa ligasi finalini o'z uyida qabul qiladi. Tabiiyki o'zlari ham ushbu bahsda ishtirok etishni istashmoqda. "Yuventus" jamoasi ham ko'p yillardan buyon xalqaro maydonda sovrin yuta olmay kelmoqda. Ular ushbu mavsumda Evropa ligasida zafar quchishlari mumkin. O'z uylarida bo'ladigan bayramga munosib qatnashishni istayotgan klub, avvaliga "Benfika" qarshiligini enga olishi talab etiladi. Portugaliya klubi ayni paytda o'zining yaxshi sport formasida. "Yuventus"ga ushbu to'qnashuvda oson bo'lmasligi aniq. Antonio Konte klub tarixini yangitdan yaratishni uch yil ilgari boshlab yuboragan. Yangi tarixni yangi sahifa bilan boyitish uchun ularda yaxshi imkoniyat mavjud.
Ushbu to'rttala jamoa ichidan faqatgina ikkatasi finalga yo'l oladi. Qaysi jamoalar hal qiluvchi o'yinda to'qnash kelishlarini esa yana bir haftadan so'ng bilib olamiz. Hozircha qiziqarli qarama-qarshiliklarning 1-qismini kuzatib olamiz.
Barchada imkoniyatlar teng. Maydondagi bahs esa hammasiga oydinlik kiritib beradi. Bu uchrashuvlarni o'tkazib yubormang!
Evropa ligasi, yarim final. Dastlabki o'yinlar
"Benfika" - "Yuventus" (00:05 "NTV-PLYUS Futbol", "NTV")
"Eshtadio Da Luj" stadioni.
Bosh hakam: Juneyt CHaqir (Turkiya)
Taxminiy tarkiblar
"Sevilya" - "Valensiya" (00:05 "NTV-PLYUS Futbol2")
"Ramon Sanchez Pisxuan" stadioni.
Bosh hakam: Damir Skomina (Slovakiya)
Taxminiy tarkiblar
SHahboz Beg'amov
Fikrlar