So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  5 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  3 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  24 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  3 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  19 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  18 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  19 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  9 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  54

Evropa CHempionlar ligasida nihoyat adolat tantana qildi Yangiliklar

Evropa CHempionlar ligasida nihoyat adolat tantana qildi

Futbol musobaqalari ichidagi eng jozibadori Evropa CHempionlar ligasi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Har yili o'tkaziladigan, lekin doim takrorlanmas va shiddatkor o'yinlari bilan ishqibozlarni katta hayajonda ushlab turadigan musobaqani ko'rmaydigan futbol muxlisi bo'lmasa kerak. Joriy mavsumda Evropa CHempionlar ligasining nimchorak hamda chorak final o'yinlari muxlislarga etarlicha hayajon va yuqori emociya taqdim etdi. Juda kamtar jamoaga aylanib qolgan "Manchester Yunayted"ning dahshatli ko'ringan PSJga qarshi "kambek"i, "Ayaks"ning ECHLning 3 yillik xo'jayini sanalgan "Real"ni tor-mor keltirishi, "Yuventus"ning "Atletiko"ga qarshi javob to'qnashuvidagi "kambek"i yoki chorak finalda "Ayaks" bolalarining davom ettirayotgan ertaknamo o'yini va nihoyat kechagi "Manchester Siti" - "Tottenxem" uchrashuvidagi fantastik futbol.

Manchesterdagi o'yinni tomosha qilgan futbol muxlisiga kechagi uchrashuvni alohida tasvirlab berishni hojati yo'q. O'sha omadli ishqibozlar futbolda kam uchraydigan scenariy ostida o'tgan bahsni jonli ko'rishdi. Bir qarashda tezda ikki o'yinlik hisobni tenglashtirgan "Siti", keyinchalik 4 daqiqa ichida dublga erishgan Son londonliklarga juda katta ustunlikni taqdim etgani yoki Bernardu Silvaning g'alati goli evaziga "shaharliklar" kurashdan chetda qolishmagani va tanaffusga qadar o'z dublini nishonlagan Sterling "shaharliklar"ga avans bergani scenariyni tobora murakkablashtirib yubordi. Ikkinchi taymda ham muxlislar yana qator gollarning guvohiga aylanishdi. Dastlab Agueroning goli nihoyat "Siti"ni ikki o'yin natijasiga ko'ra oldinga olib chiqqan bo'lsa, zaxiradan maydonga qo'shilgan Lorentening soni bilan kiritgan g'alati goli "Tottenxem"ga ustunlikni qaytardi.

Har ikkala jamoalarning o'yin davomida bir-biriga bergan javoblari ketma-ketligi juda chiroyli ko'rinish olish bilan birgalikda, to'qnashuv taqdirini oxirgi soniyalarga qadar katta so'roq ostida ushlab turishga zamin yaratdi. Tablodagi hisob 4:3, ikki o'yin natijasiga ko'ra 4:4, ammo safardagi gollar tufayli bu tenglik Mauricio Pochettino jamoasiga ustunlikni taqdim etib turgandi.


Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Sterling tomonidan "Siti"ning beshinchi, o'zining esa uchinchi golini yo'lladi. SHu soniyada "Etixad" larzaga keldi, Pep Gvardiola esa 2009 yili "Stemford Brij"da Inestaning golidan keyingi holatini takrorladi. Aqlbovarqilmas darajadagi xursandchilik.

Kartinaning ikkinchi tarafida jimgina multillab qolgan Mauricio Pochettino. Sterling esa juda katta quvonchda g'alaba keltirgan va xet-trikini rasmiylashtirgan golini jamoadoshlari bilan nishonlash bilan ovora.

Malum vaqt o'tib, uchrashuv bosh hakami Juneyt CHaqirning qulog'idagi moslamada VAR tizimidagi hakamlar tomonidan gol o'yindan tashqari holatda urilgani haqida xabar keldi va gol inobatga olinmadi. SHu payt butun emociyalarni sarflab bo'lgan "Etixad"dagi "Siti" muxlislari va futbolchilari, ayniqsa Pep Gvardiolani ustidan "muzdek suv" qo'yib yuborilgandek bo'ldi. CHunki butun "Siti" va muxlislar yarim final yo'llanmasini nishonlashga tushib ketishgandi. Hayolan ular nafaqat fantastik o'yinni, balki butun to'qnashuvni yutib bo'lishgandi.


Gol bekor qilinganidan keyingi Gvardiolaning holati istalgan futbol muxlisini tasirlantirdi, chamamda. Nima bo'lganini tushunmay qolgan, emociyasi butkul tugagan Pep nihoyatda qiyin holatda qoldi. Mauricio Pochettino esa aksincha, malum soniya ichida ko'rgan "qo'rqinchli tushi"dan uyg'onib ketdi.

Kecha futbol muxlislari uchun ideal o'yin bo'ldi. Tajovuzkor, hujumkor futbol, gollar-shousi, "Siti"ning "kambek"iga "Tottenxem"ning javobi, yuksak irodasi. Kulminacion nuqta esa ECHLda joriy mavsum ilk bor tajribadan o'tayotgan VAR tizimi.

Mazkur tizim kecha "Tottenxem"ning muhim, yakunda to'qnashuv taqdirini hal etgan golni aniqlashda qo'l keldi. Lorente burchak zarbasidan so'ng to'pni qoidaga xilof ravishda darvozaga yo'llamagani, yani oyoq soni bilan to'pni darvozaga kiritgani oydinlashdi. Juneyt CHaqir qayta-qayta ko'rgan lavhalaridan so'ng golni inobatga oldi. To'g'ri, bazi rakursda to'p Lorentening qo'liga tekkani ko'rindi. Ammo u erda hujumchining qo'li tabiiy ravishda turgandi, yani Lorente qo'lini qorin qismiga tortib turib, to'pni qo'l bilan o'ynashga harakat qilmadi. Garchi to'p sonidan avval biroz qo'liga tekkan bo'lsada, bu vaziyatda hammasi qoida bo'yicha to'g'ri amalga oshirildi. Lorente to'pni qo'li bilan o'ynamadi yoki o'ynashga ham intilmadi. Sterlingni uchinchi goli esa yaqqol o'yindan tashqari holatda urilgani ko'rindi.


Bir qarashda "Manchester Siti" kechagi ajabtovur, fantastik va super effektiv hujumkor o'yini uchun munosib taqdirlanmagandek ko'rinishi mumkin. SHu taraflama adolat yuzasidan "Siti"ni yarim finalga chiqishini istaganlar ko'pchilikni tashkil qilishi mumkin. To'g'ri, o'yin bobida "Siti" kecha raqibidan kuchliroq o'ynadi. Tablodagi hisobda ham bu aks etdi.

Faqatgina safardagi gol qoidasi tufayli "Siti" o'z yurishini chorak finalda to'xtatdi. Ikkinchi tarafi shundaki, "Tottenxem" ham kecha yomon o'ynamadi. "Siti"ga munosib qarshilik ko'rsatildi, xarakter namoyish etildi. "Etixad"da raqib darvozasiga 3 marotaba yo'l topish oson ish emas. Javob o'yinini inobatga olsak, "Siti" "Tottenxem"dan kuchli o'ynadi. Lekin birinchi o'yindagi natijani eslaylik, agarda ikkala bahsni taqqoslaydigan bo'lsak, unda Mauricio Pochettino jamoasi keyingi bosqich taqdirini o'z foydasiga hal etgani kamida nohaqlik bo'lmadi. ECHL pley-off bosqichida birgina bahsda emas, har ikkala o'yinda barqaror o'ynay olgan jamoalar asosan keyingi bosqichga yo'l olishadi. SHu taraflama qaralsa, kechagi to'qnashuvning yakuniy natijasi mutlaqo adolatli.

Agarda vaziyatga o'yin taraflama emas, shunchaki yozilgan qoidalar bo'yicha qarasak ham "Tottenxem" butkul toza g'alabani qo'lga kiritganini ko'ramiz. Eslang, birinchi bahsdagi Agueroning penaltisini qaytargan Loris, Sonning "Siti" himoyasini yorib o'tgani va aniq zarbasi. Manchesterda ham o'sha ishtiyoqda o'ynagan "Tottenxem" va "Siti" uchun ruscha aytganda, "strashnyy Son"ga (qo'rqinchli tush) aylangan koreyalik vingerning ajoyib samaradorligi.

Nihoyat ECHLda hakamlar xatosi evaziga g'alabalarni qo'lga kiritgan jamoalarni emas, haqli ravishda keyingi bosqichga o'tgan jamoalarning fantastik o'yinlarini muhokama qiladigan paytlar keldi. Kechagi super bahs istalgan futbol ishqibozini tom manoda sarmast qildi.

"Manchester Siti" - "Tottenxem" qarama-qarshiligida mag'lub jamoa bo'lmadi. SHunchaki VAR g'alabani tantana qildi. Adolat tarozi pallasi esa londonliklar tarafida bo'ldi. Agarda ECHLda joriy mavsumdan etiboran VAR tizimidan foydalanilmaganida, unda katta ehtimol Lorentening g'alati goli qo'l bilan urildi deb topilgan yoki Sterlingning qo'shib berilgan daqiqalarda kiritgan goli to'qnashuv taqdirini hal etgan hamda "Siti" yarim finalga o'tgan, "Tottenxem" esa hakamlar xatosi qurboniga aylangan, ularga nisbatan nohaqlik qilingan bo'lardi. Har yilgi holat, yani hakamlar xatosi muhokamalarning bosh mavzusiga aylanardi. VAR esa muxlislarni ECHLda necha yillardan buyon davom etib kelayotgan g'irromliklardan asradi.

"Siti" jamoasi futbolchilari, muxlislari va ayniqsa Gvardiolaning holatini tushunsa bo'ladi. Juda alamli VAR. CHunki jamoa shu kecha g'alabaga loyiq o'ynadi, yarim final chiptasi uchun katta kuch bilan kurashdi. Biroq ularga VARdan ko'ra safardagi gol qoidasi to'sqinlik qildi.


Kechagi futbol o'yini yaqin yillar ichidagi eng tomoshabop va samaradorligi bilan birgalikda, adolatli o'tgani bilan yoqimli bo'ldi. Jamoalar ko'rsatgan futbol, muxlislarni 90 daqiqa davomida turli holatlar va hayajonda ushlab turilgani, xattoki bu o'yindan eng ko'p rohatlangan neytral ishqibozlarda ham futbolchi yoki murabbiylar kabi emociya qolmagandi. Emociyaning so'nggi tomchilari Juneyt CHaqirning Sterlingni uchinchi golidan keyin VARga murojaat qilgani va golni bekor qilishi bilanoq tugadi.

Qizig'i, VAR tizimini eng ko'p tanqid qilgan va ushbu tizimga qarshi bo'lgan Mauricio Pochettinoga kecha aynan u qarshi chiqqan tizim yarim final chiptasini "Siti"dan "Tottenxem"ga qaytarib berdi. O'ylaymanki, futbol jozibasini o'ldirib qo'yishini takidlagan Pochettinoning VARga bo'lgan qarashi endilikda o'zgaradi. Kechagi o'yinda joziba ham, adolat ham bo'ldi. Aksincha, joziba bo'lib adolat chetroqqa chiqishiga VAR yo'l qo'ymadi.

Emociya, kayfiyat, jamoalarning holatlari o'z yo'liga. Eng muhimi, to'qnashuv taqdirini hal etgan gollar qoida bo'yicha kiritildi. Yoki qoidaga xilof urilgan gollar bekor bo'ldi. Adolat tantana qildi. Yashasin VAR.


SHahboz Beg'amov

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика