So’nggi yangiliklar

15:19Меҳди Тареми: "Ёмон воқеалардан сабоқ олиш сизни ривожлантиради"  2 15:00U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластин билан муҳим ўйинда қатнашмоқда (онлайн ҳисоб)  18 14:51Тонали Гаттузо ҳақида: "У менга айтган ҳамма нарсани қадрлайман"  0 14:23Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум  0 13:40"Атлетик" футболчиси антидопинг қоидасини бузгани учун 10 ойга дисквалификация қилинди  1 13:11Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди  3 12:45Эшитдик-да! "Бунёдкор" "Олимпия" стадионида ўйнайди  9 12:21"Истиқлол" бош мураббийи Ашурматов ва Машариповнинг жароҳати ҳақида тўхталди  1 11:52Жанни Инфантино: "Шавкат Мирзиёевнинг футболга бўлган муҳаббати сўнгги икки йил ичида янада кучайганини кўриб хурсанд бўлдим"  4 11:25Эронлик эксперт: "Юсуфи майдондан тўғри четлатилди, Алижонов ва пенальти бўйича қарор ҳам ўринли, бироқ..."  44 10:41Испания терма жамоаси ҳужумчи бир ойга сафдан чиқди  1 10:05Луис Суарес Лига кубоги финалида рақибига тупургани учун МЛСда учта ўйинга дисквалификация қилинди  5 09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  9 08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  5 08:26Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин  13

Evropa CHempionlar Ligasi. Finalgacha... Yangiliklar

Evropa CHempionlar Ligasi. Finalgacha...

Bugun Evropa CHempionlar Ligasi finali bo'lib o'tadi.

Finalda Angliyaning "Liverpul" va Ispaniyaning "Real" jamoalari to'qnash kelishadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladi. Tabiiyki, ushbu bahs saytimiz tomonidan matnli translyaciya qilinadi va o'yingacha bo'lgan muhim xabarlar berib boriladi. 

VANIHOYAT FINAL BOSHLANDI! Buyog'ini matnli translyaciya orqali kuzating.

Muxlislarning stadionga kirishlari kechikayotganligi sabab final bahsi kechroq boshlanadigan bo'ldi. Ko'pi bilan 15 daqiqada vaziyat bo'yicha malumot beriladi.

ECHL finalida foydalaniladigan "Mir" so'zi tushirilgan to'p aukcionga qo'yiladi va undan tushgan mablag' BMT tomonidan qochqinlarga yo'naltiriladi.

NO COMMENT

Butun dunyo nigohi bugun Parijdagi finalga qaratiladi. Stiven Jerrard ham stadionda. Bu safar Jerarrd BT Sport telekanali mehmoni sifatida o'yinga tashrif buyurgan. Uning yonida Rio Ferdinand.

"Real"ning sobiq futbolchisi Sami Xedira ham stadionda.

Final bahsi Parijning shimolidagi Sen-Denida joylashgan "Stad de Frens"da bo'lib o'tadi. Qurilishiga 285 million evro atrofida mablag' sarflangan stadion o'z bag'riga 81338 muxlisni sig'dira oladi. "Stad de Frans" 1998 yilgi JCH uchun maxsus qurilgan va unda musobaqaning final bahsini o'tkazish ishonib topshirilgan. Qayd etish kerakki, ushbu maydon Franciya terma jamoasidan tashqari Franciya regbi terma jamoasining ham uy stadioni hisoblanadi.



"Real" ishtirokidagi CHempionlar Ligasi finali 4-marta Parijda o'tadi:

• 1956: "Real Madrid" 4:3 "Reyms"

• 1981: "Liverpul" 1:0 "Real"

• 2000: "Real" 3:0 "Valensiya"

• 2022: "Liverpul" – "Real Madrid" 


Serxio Ramos: "Real" – mening oilam, buni hech kim va hech nima o'zgartirolmaydi. Umid qilamanki, biz 14-marta CHLni yutamiz"

SHu kabi qiziqarli xabarlar bilan EkSport telegram kanalida tanishib boring. 


"Alaves" hujumchisi ("Real" tarbiyalanuvchisi) Xoselu "Qirollik klubi" libosida Parijda. SHu kabi qiziqarli xabarlar telegramdagi La TeLiga kanalida


"Santyago Bernabeu" stadioni bugungi bahsni ko'rsatishga tayyor


Ser Kenni Dalglish "Liverpul" fan-hududida muxlislar bilan ko'rishmoqda


Stiven Jerrard "qizillar"ni qo'llab-quvvatlash uchun Parijga etib keldi


"Liverpul" va "Real" jamoalari stadionda mashg'ulot olib borishmoqda.


"Sevilya", "Real" va "Inter" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan Ivan Samorano bosh sovrinni o'pmoqda.


Toping-chi, bu qaysi "Real" o'yinchisining rafiqasi? (javob: bu "Real" xavbeki Federiko Valverdening rafiqasi Mino Bonino)


2015 yilning noyabr oyidagi teraktlar

2015 yilning 13 noyabr kuni Franciya - Germaniya o'yini paytida poytaxtdagi qator teraktlardan biri stadion yaqinida sodir bo'ldi va uni "Islom davlati" o'z zimmasiga oldi. Bahsning birinchi taymida qo'sh portlash sodir bo'ldi. Stadionda hech kim jabrlanmadi. "Stad de Frans" yonida kuchli portlashlar eshitildi, biroq o'yin to'xtatilmadi va oxirigacha o'tkazildi: Franciya Germaniyani 2:0 hisobida taslim etdi.

Bundan xabar topgan muxlislar maydonda to'planishmoqda.


"Liverpul" muxlislari Parijdagi mashhur Triumfal arka yonida suratga tushishmoqda.


Bu esa "Real" posboni Tibo Kurtuaning sevgilisi - Mishel Gercig.


"Liverpul" va "Real" sobiq o'yinchisi angliyalik Stiv Makmanaman ham shu erda.


Bu esa stadion oldidagi yirik ECHL finali to'pi.


Final oldidan festivalning 2-kuni, Hotel de Ville'da quyosh botish paytidagi umumiy ko'rinish.


Odamlar Victor Hugo Plage oldidagi CHempionlar Ligasining ulkan sovrini yonida.



Bu esa madridliklar himoyachisi Eder Militaoning sevgilisi Karolina Lima. "Real" o'yinchilarining rafiqalari va yoqtirgan qizlari ularning mashg'ulotlariga tashrif buyurishgan.


Toping-chi, bu kim?


Bugungi o'yin uchun Adidas tomonidan taqdim etilgan maxsus to'plar.


"Liverpul" muxlislari Parijdagi Gare Du Nord barida.


Sandra Garal - Marko Asensioning sevgilisi.


Qaynona va kelin. Mariann Barenna Maklay (Karlo Anchelottining rafiqasi) va Ana Galocha (Davide Anchelottining rafiqasi, ispan aktrisasi)


"Stad de Frans"ning bugungi ko'rinishi.


Bu esa "qirollik klubi" muxlislari.


"Liverpul" ishqibozlari ajoyib fonda o'z klublari bayrog'ini ilib qo'yishgan.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика