Evropa CHempionlar Ligasi. Bugungi o'yinlar anonsi. Faktlar
26 avg 2015 13:08
Yangiliklar


Evropa CHempionlar Ligasi. Bugungi o'yinlar anonsi. Faktlar
"Bryugge" - "Manchester Yunayted" (dastlabki o'yin - 1:3)
Depayning dubli va Fellaynining goli "Old Trafford"dagi o'yinda manchesterliklarga g'alaba keltirgandi.
"Bryugge" esa evrokuboklarda o'z maydonida 10 ta o'yindan beri mag'lubiyat nimaligini bilmaydi. MYU esa Evropa maydonlarida safardagi so'nggi ikkita o'yinda ikkita gol farqi bilan mag'lubiyatga uchramoqda.
"Bayer" - "Lacio" (0:1)
Birinchi o'yin taqdirini Keyta kiritgan yagona gol hal qilgandi. O'sha o'yin "Lacio" uchun ECHL pley-offlaridagi ilk o'yin bo'lgandi.
Rimliklarga ushbu o'yinda darvozabon Federiko Marketti, shuningdek, kloze, Bilya va Jorjevich kabi futbolchilar yordam bera olmaydilar.
CSKA - "Sporting" (1:2)
CSKA ECHLning o'z maydonidagi oltita o'yinidan beri g'alaba nimaligini bilmayapti. Portugaliyaliklarga esa bugun Jefferson yordam bera olmaydi.
"Partizan" - BATE (0:1)
Gordeychukning o'tgan o'yindagi 75-daqiqada kiritgan goli beloruslarga g'alabani taqdim etgandi. "Partizan" yarim himoyachisi Marko Evtovich o'tgan o'yinda qizil kartochka olgan va bugungi o'yinni o'tkazib yuboradi.
APOEL - "Astana" (0:1)
APOEL o'z maydonidagi evrokubok o'yinlarida beshta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti.
Baurjan Jolchievning o'tgan o'yinda kiritgan goli ostonaliklarning imkoniyatlarini biroz oshirdi. Bungacha hech qaysi qozoq jamoasi ECHL guruh bosqichida ishtirok etmagan. Bugungi o'yinda qo'shnilarimizga omad tilab qolamiz.
UEFA rasmiy sayti asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar