So’nggi yangiliklar

20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  0 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  0 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  4 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  0 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  3 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  9 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  15 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  1

Evropa CHempionlar Ligasi. Bugungi o'yinlar anonsi. Faktlar Yangiliklar

Evropa CHempionlar Ligasi. Bugungi o'yinlar anonsi. Faktlar

Bugun Evropa CHempionlar Ligasi so'nggi saralash bosqichida dastlabki o'yinlar bo'lib o'tadi. Biz esa ushbu o'yinlarga bog'liq bo'lgan faktlar bilan tanishtirib chiqamiz.

"Manchester Yunayted" - "Bryugge"

MYUning belgiyalik futbolchilari Adnan Yanuzay va Maruan Fellaynilar bugun o'zlarining sobiq jamoalariga qarshi harakat qiladilar.

"Bryugge" esa Angliyada 11 marotaba mehmon bo'lgan bo'lsa ushbu o'yinlarning hech qaysisida g'alaba qozona olmagan - 2 durang, 9 mag'lubiyat.




"Lacio" - "Bayer"

"Lacio" ilk marotaba ECHLning pley-off bosqichida ishtirok etmoqda. Biroq, ular Evropa Ligasi o'yinlarining ushbu bosqichida uch marotaba muvaffaqiyat qozonishgan.

"Bayer"ning Italiyadagi ko'rsatkichi esa 1 yutuq, 3 durang, 3 mag'lubiyat. Leverkuzenliklar Rimda ikki marotaba durang qayd etishgan. SHulardan biri 2004 yilda "Roma" bilan 1:1, 1999 yilda esa ECHL guruh bosqichida "Lacio"ga qarshi o'yinda.



"Sporting" - CSKA Moskva

Ushbu jamoalar bungacha faqatgina bir marotaba to'qnash kelganlar. 2004/05 yilgi mavsumda moskvaliklar "Sporting" maydonida UEFA Kubogi finalida 3:1 hisobida g'alaba qozongandilar.

CSKAning ECHL saralashlaridagi mag'lubiyatsiz seriyasi 9 ta o'yindan beri davom etib kelmoqda. 5 g'alaba, 4 durang. Moskvaliklar bosh murabbiyi Leonid Sluckiyning fikricha, jamoalar o'rtasidagi imkoniyatlar teng.




BATE - "Partizan"

BATE uch marotaba ushbu bosqichda ishtirok etgan va bir marotaba ECHL guruh bosqichiga yo'llanma olishga muvaffaq bo'lgan.

Ushbu o'yin "Partizan" uchun ECHL/Evropa CHempionlari Kubogidagi 100 o'yin hisoblanadi.



"Astana" - APOEL

Qozog'iston va Kipr jamoalari evrokuboklarda ikkinchi marotaba to'qnash kelmoqdalar. 2003/04 yilgi mavsumda "Omoniya" saralash bosqichida "Irtish"ni mag'lubiyatga uchratib keyingi bosqichga chiqqandi.

Bungacha hech qaysi qozoq jamoasi pley-offning ushbu bosqichidan nariga o'ta olmagan. "SHaxtyor" 2013/14 yilda ECHLning ushbu bosqichida "Seltik"ka yutqazib qo'yib, Evropa Ligasining guruh bosqichiga yo'l olgandi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика