So’nggi yangiliklar

19:21Англия Кубоги. Амалдаги ғолиб 6-лига вакилига мағлуб бўлди, "бўрилар"дан ғалаба  0 19:01Англия Кубоги. "Манчестер Сити" - "Эксетер". Асосий таркиблар маълум!  5 19:00U-23 Осиё Кубоги. Эрон U-23 - Ўзбекистон U-23 (матнли трансляция)  33 18:55Тажрибали футболчилар "Локомотив" машғулотларида  0 18:33U-23 Осиё Кубоги. Гуруҳдошимиз Жанубий Корея Ливанга имконият қолдирмади   1 18:06Ислом Тўхтахўжаев: “Ҳар қандай футболчига бундай ишқибозлар қаршисида ўйнаш ёқимли”  4 17:52Ханси Флик: "Мбаппе - энг зўр ҳужумчи, лекин биз ўзимизга ишонамиз"  6 17:17Футзал. Олий лига пешқадамида бош мураббий ўзгарди  2 16:58Мбаппе класикода ўйнайдими? Алонсо жавоб берди  4 16:37"Арсенал" "Реал" ҳужумчиси учун 80 миллион евро тўламоқчи  6 16:12Ханси Флик: "Қасос олиш ҳақидаги гаплар менга ёқмаяпти"  2 15:51Хаби Алонсо: "Ғалабага тайёрланяпмиз"  4 15:10Аденис Шала: "Ўзбек футболи Македония ва Косовога нисбатан анча устун. Канте мени ниҳоятда ҳайратда қолдирди"   2 14:59Ибрагимович "Аякс"га ўтишга яқин  1 14:28Депай ёзда эркин агентга айланиши мумкин  0

Evropa chempioni bo'lgan daniyaliklar. Hozir ular qaerda? Yangiliklar

Evropa chempioni bo'lgan daniyaliklar. Hozir ular qaerda?

1992 yil SHveciyada o'tkazilgan Evropa chempionatida Daniya terma jamoasi oltin medallarni qo'lga kiritgan.

Ushbu turnir boshlanishidan bir necha kun oldin daniyaliklar nafaqat g'alaba, balki musobaqada ishtirok etish haqida ham o'ylashmagan edi. Saralash o'yinlarida ular Yugoslaviyadan so'ng ikkinchi o'rinni egallashdi va Evroni televizor orqali tomosha qilishni rejalashtirishgandi. Kutilmaganda Yugoslaviya diskvalifikaciya qilindi. Mamlakatdagi siyosiy jarayonlar yugoslaviyaliklarning chetlatilishiga olib keldi.

Tatilda bo'lgan daniyaliklar tezlik bilan maydonga qaytishdi. Kimdir plyajda xordiq chiqarayotgan edi, yana kimdir esa oilasi bilan. Bosh murabbiy Rixard Meller-Nilsen oshxonasini buyayotgan ekan.

Daniyaliklar Malmyoda o'tadigan Angliyaga qarshi bahsga chala tarkib bilan etib keldi. Inglizlar Daniya terma jamoasiga taqvim tirqishini yopish uchun kelgan jamoadek qarashdi. SHu bilan birga daniyaliklar tarkibida murabbiy bilan kelisha olmay qolgan "Barselona" yarim himoyachisi Mixael Laudrup yo'q edi.

Turnir startida Daniya Angliya bilan golsiz durang qayd etdi, mezbonlarga qarshi o'tgan ikkinchi o'yin 0:1 hisobidagi mag'lubiyat bilan yakunlandi. Guruh bosqichining so'nggi uchrashuvi franciyaliklarga qarshi bo'lib o'tdi va daniyaliklar sensacion g'alabaga erishib (2:1), yarim finalga yo'l olishdi.

Meller-Nilsen jamoasi yarim final o'yinining asosiy vaqtida Gollandiyani engishga yaqin edi, ammo ular penaltilar seriyasida zafar quchishdi. Daniya terma jamoasi safida 11 metrlik jarima zarbasini ijro etgan futbolchilar adashishmadi. O'sha kuni faqat Marko van Basten xatoga yo'l qo'ydi.

Daniyani finalda oson g'alabaga umid qilayotgan Germaniya kutib turgandi. Biroq ushbu Evropa chempionatida kutilgan natijalar amalga oshmadi. "Ullevi" arenasida o'tgan bahsda anderdog sensaciya qayd etdi. 19-daqiqada Yon Yensen nemislar darvozasiga birinchi golni urdi.

Guruh bosqichidan so'ng xavbek Kim Vilfort oilaviy sabablar tufayli daniyaliklar lagerini tark etgan edi. O'sha kunlarda saratondan azob chekayotgan uning 7 yoshli qizi kasalxonaga tushib qoldi. Uning ahvoli og'ir edi. Kim o'zida kuch topib, yana Evropa chempionati o'yinlariga qaytdi. Vilfort yarim finalda to'liq o'ynadi, finalda esa Germaniya terma jamoasi darvozasiga ikkinchi golni urib, masalani hal qildi.

Bir oydan keyin Kimning qizi vafot etdi.





















Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика