So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  1 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Evropa chempionatlari tarixidagi ilk musobaqa qanday o'tgan? Unda nechta jamoa qatnashganini bilasizmi? Yangiliklar

Evropa chempionatlari tarixidagi ilk musobaqa qanday o'tgan? Unda nechta jamoa qatnashganini bilasizmi?

Teglar :  Evro-1960
Evro-2020 turniri boshlanishiga oz fursatlar qolmoqda. Biz esa mazkur musobaqaga doir qiziqarli faktlarni berishda davom etamiz.

Futbol bo'yicha dastlabki Evropa chempionati (Evropa millatlari kubogi) - o'shanda Evropa terma jamoalari o'rtasidagi norasmiy chempionat sifatida tarixga kirgan. Turnirning final qismi 4 ta jamoa ishtirokida Franciyada bo'lib o'tgan. Parijdagi finalda Yugoslaviyani qo'shimcha vaqtlarda 2:1 hisobida mag'lub etgan Sobiq Ittifoq terma jamoasi ilk chempionga aylangan.

Ilk chempionatda 13 ta terma jamoa ishtirok etishni istamagan. Ular qatorida Angliya, Belgiya, Germaniya FR, Italiya, Gollandiya va SHveciya terma jamoalari bo'lgan. Buning sababi, ushbu terma jamoalar futbolchilari klub safida ko'plab o'yinlar o'tkazgandilar.

Ispaniyalik futbolchilar esa siyosiy sabablarga ko'ra chorak final bosqichida Sobiq Ittifoq hududiga borishni istamaganlar. SHu tariqa final bosqichiga Sobiq Ittifoq, Yugoslaviya, CHexoslovakiya va mezbon Franciya terma jamoalari yo'l olganlar.


Yarim finallarda Sobiq Ittifoq CHexoslovakiyani 3:0 hisobida mag'lub etgan. Yugoslaviya esa Franciyani qiyinchilik bilan 5:4 hisobida mag'lubiyatga uchratganlar.

Uchinchi o'rin uchun bahsda CHexoslovakiya charchagan Franciya ustidan 2:0 hisobida ustun kelgan.

Finalda esa Yugoslaviya avvaliga hisobni ochadi. Lekin, Sobiq Ittifoq terma jamoasining afsonaviy gruziyalik hujumchisi Slava Metreveli 49-daqiqada hisobni tenglashtiradi. Asosiy vaqt durang bilan yakunlanadi. Qo'shimcha vaqtda esa Viktor Ponedelnik o'yin yakunlanishiga 7 daqiqa qolganida gol kiritadi va terma jamoasini ushbu turnir tarixidagi ilk chempionga aylantiradi. Turnirning eng yaxshi futbolchisi sifatida Lev Yashin etirof etiladi. 

Evro-1960

CHempion: Sobiq Ittifoq

Ikkinchi o'rin: Yugoslaviya

Uchinchi o'rin: CHexoslovakiya

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика