So’nggi yangiliklar

09:45Суперлига. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада   56 09:05Расман: "Хоразм" икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  5 08:35Анзур Исмоилов Абдуқодир Ҳусанов ҳақида: "Манчестер Сити"га мослашиш ва дебют ўйинда "Челси"га қарши ўйнаш ҳамма ўйлагандек осон жараён эмас"  7 08:05"Ал Гарафа" устози Педро Мартинс: "Мазкур ўйин учун стратегиямиз мавжуд"   0 07:35Элит ОЧЛ. "Пахтакор" бугун Қатарда "Ал Гарафа" билан ўйнайди  6 03:15Бир ой олдин Винисиусга қизил карточка кўрсатган ҳакам "Реал" - "Атлетико" баҳсига тайинлов олди  74 03:07А Серия. "Лацио" меҳмонда зафар қучди  1 03:03АПЛ. "Челси" иродали ғалабага эришди  2 02:51RFEF "Реал"нинг эътирозига жавоб қайтарди  53 01:06ОФК ЭЧЛ. Роналду дубл қайд этган баҳсда "Ал Насср" йирик ғалабага эришди  9 00:43Аморим кетган тақдирда ҳам Рэшфорд МЮда бошқа ўйнамайди  11 00:17"Челси" - "Вест Хэм". Палмер, Йоргенсен ва Мадуэке асосий таркибда  5 23:58"Ал Аҳли" меҳмондан 3 очко билан қайтди, Машарипов жамоаси эса дуранг ўйнади  0 22:40"Реал" ВАР ҳакамларининг аудио ёзувларини талаб қиляпти  80 22:18"Ал Насср" - "Ал Васл". Таркиблар билан танишинг  5

Evroning asosiy kashfiyoti - shaharda yashashni istamaydigan NBA muxlisi, Daniya himoyachisi Mele haqida Yangiliklar

Evroning asosiy kashfiyoti - shaharda yashashni istamaydigan NBA muxlisi, Daniya himoyachisi Mele haqida

Daniya terma jamoasi Evro-2020 yarim finaliga chiqdi va bugun Angliyaga qarshi o'ynaydi.

Mele faoliyatini boshlagan klub o'yinchining ismi yozilgan futbolkalar orqali pul topadi

Yoakim Mele — turnirda jamoaning faol o'yinchisi. U asosiy tarkibda 5 o'yinda maydonga tushdi, ikkita gol urdi va assist qayd etdi. Mele Evro-2020da termadagi o'yinlariga qaraganda, "Atalanta"ning bir mavsumida bundan kamroq samarali harakat amalga oshirgan (2ta uzatma). Futbolchi u erda 7 marotaba zarba berdi — Daniyadagi har qanday o'yinchidan ko'proq.

Muhimi, Mele — universal himoyachi. U ikki himoya qanoti yoki yon chiziqlarni to'liq yopishi, yarim himoyaga ham o'tishi mumkin. U juda ko'p yuguradi va hujumda xavfli vaziyat yarata oladi. Mele buni "Atalanta"da o'rgangan edi. Transfermarkt Meleni 13 million evroga baholagan. 2021 yil boshida, qishda, "Atalanta" futbolchi uchun 12 million berdi.

Meleni Daniyada doim hujumkor rolda bo'lgan, biroq oldingi 12 uchrashuvda uzatmasiz 2ta gol urdi. Mele faoliyatini "Olborg" klubida boshlagan. U erda futbol maktabida shug'ullangan, keyin esa professional futbolda debyut qilgan. Bugungi kunda "Olborg" o'yinchining yutuqlariga birinchilardan bo'lib munosabat bildiradi. Muxlislar tomonidan qilingan memlarni ham repost qiladi:

Mele 12 yoshida "Olborg"ga kelgan. Ungacha esa Ostervro shahrida ulg'aygan va o'sha shahar klubida to'p tepgan. Evro-2020 boshlanganidan buyon mahalliy sport magazini Mele ismi yozilgan "Atalanta" futbolkasini sotmoqda. 100dan ortiq futbolkani xarid qilib bo'lishdi — har biri sotilgan tovardan 10 evrosi Melening sobiq futbol klubi hisobiga o'tkaziladi. Hozirda Ostervro aholisi 1300 kishini tashkil etadi.


Kometa, reaktiv dvigatel — bu Melega xos xususiyatlar

Mele hozir "Rubin"da to'p tepayotgan Abildgor bilan "Olborg"da birga o'ynagan. Ular yoshlar termasiga chaqirtirilgan, ammo har xil paytda o'ynashgan. Mele "Olborg"dan "Genk"ga o'tishiga bir to'liq mavsum etarli bo'ldi. Abildgor esa "Rubin"ga o'tgunga qadar "Olborg"da qoldi. Mele 24 yoshida top-ligada harakatlanmoqda, Abildgor esa 25 yoshida u haqida orzu qilmoqda.

"Olborg" rahbariyati Meleni "Genk"ga sotishdan avval u bilan shartnomani rasmiy ravishda uzaytirgan va uni reklama qilgandi. Menejer Allan Gard o'shanda 19 yoshli yigitcha haqida shunday degan: "U hammadan ajralib turardi va kometa tezligida yugurardi. Uning fizikasi, jangovar ruhi va mukammal texnikasi bor".

Oradan besh yil o'tdi. Daniya Evro-2020da Uelsni 4:0 hisobida yanchib tashladi. Daniyaliklarning hammasi faqat Mele haqida gapirdi. Tomas Dileni uni shunday maqtagan: "U kun bo'yi yugurishi va yana ajoyib o'yin o'tkazishi mumkin. Unda qandaydir reaktiv dvigatel bo'lsa kerak. Raqibimiz qizil kartochka olganidan so'ng, Melega o'zingni ozgina bo'sh qo'y deb aytdim. Hisob 3:0, biroq u to'xtamasdi".

Allan Gard ham bekorga Mele texnikasi haqida gapirmagan ekan. Evro-2020da u aldab o'tish bo'yicha etakchilardan biriga aylandi. U 5 o'yinda 11 marta buning uddasidan chiqdi. Eden Azar va Kovachichda ham xuddi shuncha, Frenki de Yongda ulardan ko'proq (16ta). Ularning hammasi turnir bilan xayrlashdi, Mele esa hamon shu erda. U har taraflama "Atalanta" "Lester"ga sotib yuborgan belgiyalik Timoti Kastanyaga o'xshaydi.

Klublar o'rtasida qiziq sxema bor. "Genk" Kastanyani "Atalanta"ga sotgan, keyin esa uning o'rniga Meleni olgan. 2021 yil yanvarida esa "Genk" Meleni "Atalanta"ga sotib yubordi. Italiya OAV yozishicha, Mele xarakteristikasi bo'yicha nafaqat Kastanyaga o'xshaydi, balki bir vaqtning o'zida xujumda va himoyada o'ynay oladigan Xateburga o'xshar ekan.

Melening o'yinidagi o'sish haqida Belgiyadagi intervyudan bir mashhur iqtibos mavjud: "Hattoki onam ham menga ishonmasdi". Melening faoliyati asosiy jihati, o'ziga xosligi — bu o'z ustida tinmay mehnat qilishidir. Odatda, u mashg'ulot zalidan chiqmaydi, lekin faoliyatida muhim bir palla ham bo'lgan. "Marsel"ga transfer amalga oshmay qolgach, u telefonini otib yuborgan va atrofidagi barchani ochiqchasiga ayblagan. Ko'p o'tmay u "Atalanta" safiga borib qo'shildi — nima bo'lsa ham, barchasi yaxshilikka.

Melening muhim xususiyati shundaki, u jarohat olavermaydi. Transfermarkt hisobi bo'yicha, futbolchi ikki marta jarohat olgan ekan. Bu tufayli, Mele umumiy hisobda 2ta o'yinni o'tkazib yuborgan. U yanvarda A Seriyaga kelganiga qaramay, "Atalanta" safida 20ta bahsda maydonga tushdi. Mele darhol asosiy tarkibdan o'rin oldi va tezda jamoaga moslashib ketdi: "Italiya futboli o'ziga xos, unga faqat moslashish kerak. Ammo Gasperini menga ishonch bildirdi".


Mele bilan yaqindan tanishamiz: u shahar shovqinini yoqtirmaydi, NBA jon-u dili, "Lester"ga muxlislik qiladi

1) "The Guardian" nashridan fakt: "Kopengagendan ko'ra, kichik qishloqdan uy xarid qilishni afzal deb bilaman. Menga qishloq hayoti yoqadi", — deydi Yutlandiya shimoliy qismida joylashgan Ostervro shaharchasida ulg'aygan himoyachi. Bolaligi qiyinchilikda o'tgan Mele oldida ikki tanlov turardi: jismoniy tarbiya o'qituvchisi yoki futbolchi bo'lish. Unga futbolchilik faoliyatida omad kulib boqdi. Lekin u qo'shiqchi bo'lishi ham mumkin edi:




2) "Gol" nashridan fakt: "U Belgiyada to'p tepganida mehnatkashligi va tezligi uchun "Forrest Gamp" taxallusini olgan. Evropa turniridagi barcha o'yinchilar orasida u jarima maydoniga yorib kirish bo'yicha uchlikdan o'rin oldi, to'p bilan bosib o'tilgan masofa bo'yicha ettinchi bo'ldi.

3) Melening o'zidan fakt: Evro-2020da biz u boshqa tillardagi so'zlarni tez o'zlashtirishini amalda ko'rdik. Daniya Rossiyani yirik hisobda mag'lub etganida, aynan Mele Xeybergning instagramiga kirib, rus tilidagi haqoratli so'zlarni yozib qoldirgandi. Buni to'g'ri tushunsa bo'ladi, chunki u Aleksey Miranchuk va Ruslan Malinovskiy bilan bir jamoada to'p tepmoqda. "Atalanta"da Mele ko'pchilik bilan yaxshi chiqishib olgan, chog'i.

4) Melening tvitteridan faktlar: Mele NBAni sevib tomosha qilgan. Hattoki, tvitterini Karri haqidagi postlar bilan to'ldirib yuborgan. Tennisda Rodjer Federerani qo'llab quvvatlagan, futbolda esa "Lester"ga muxlislik qilgan.

SHuningdek, Mele instagramdagi sahifasiga tabiat qo'ynida tushgan suratlarni joylashni xush ko'radi:


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика