So’nggi yangiliklar

22:11Суперлига. Бир неча етакчисиз майдонга тушган "Пахтакор" "Бухоро"ни тор-мор этди  48 21:43Баҳром Ҳайдаров: "30 сонияда барчаси ўзгариб кетди"  0 21:26Миржалол Қосимов: "Иродали ғалабаларнинг сири йўқ"  6 21:03АПЛ. "Манчестер Сити" энг сўнгги ўриндаги жамоани мағлуб қила олмади  20 20:57Суперлига. Очиқ ва ёрқин футбол намойиш этилган ўйинда "Насаф" "Бунёдкор" билан муроса кўчасини танлади  43 20:26А Серия. "Лацио" - "Ювентус" баҳси асосий таркиблари маълум!  6 20:03Суперлига. ОКМК навбатдаги камбекни Қўқонда амалга оширди  49 19:42"Барселона" Япония ва Кореяда мавсумолди турне ўтказади  2 19:20"Манчестер Юнайтед" ЕЧЛнинг энг яхши дарвозабонларидан бирини нишонга олди  2 18:56Осиё Кубоги. Ўзбекистон аёллар футзал терма жамоаси Хитойга имкониятни бой берди  3 18:45"Эл Класико" трансляцияси устида 500 дан ортиқ мутахассис ишлайди  8 18:30"Нефтчи" "Андижон"ни ишончли ҳисобда ютган дербидан ГАЛЕРЕЯ  3 18:20АПЛ. "Саутгемптон" – "Манчестер Сити" ва бошқа учрашувлар таркиби маълум  34 17:45ОКМК 6 йилдан буён Қўқонда ғалаба қозона олмаяпти  1 17:21Абрамов "Динамо"ни тарихий рекорд сари етакламоқда  7

Evro-2024. Italiya qo'shib berilgan so'nggi daqiqadagi gol evaziga guruhda ikkinchi o'rinni egalladi va keyingi bosqichga yo'l oldi Yangiliklar

Evro-2024. Italiya qo'shib berilgan so'nggi daqiqadagi gol evaziga guruhda ikkinchi o'rinni egalladi va keyingi bosqichga yo'l oldi

Xorvatiya hamda Italiya o'rtasida o'tkaziladigan Evro-2024 guruh bosqichi 3-tur o'yinida kuchlar teng keldi.

Xorvatiya - Italiya 1:1

Gol: Luka Modrich 54', 90+8 Zakkani.

Xorvatiya – Livakovich, Stanishich, SHutalo, Pongrachich, Gvardiol, Modrich (Maer, 80), Kovachich (Ivanushec, 70), Brozovich, Pashalich (Budimir, 46), Suchich (Perishich, 70), Kramarich (Yuranovich, 90).

Italiya – Donnarumma, Di Lorenco, Darmian (Zakkani, 81), Bastoni, Kalafori, Dimarko (Keza, 57), Jorjino (Fadjoli, 81), Barella, Pellegrini (Frattezi, 46), Raspadori (Skamakka, 75), Retegi.

Ogohlantirishlar: Suchich (24), Modrich (60), Ivanushec (73), Pongrachich (78), Stanishich (82), Brozovich (90+1), Kalafori (90+3).

Croatia

Luka Modric - 55'

EURO Grp. B . 3-tur

25/06/2024, 01:00

1
:
1
Tugadi

Italy

Mattia Zaccagni - 90'

Stadion: Red Bull Arena Leipzig, 38322 tomoshabin

Bosh hakam: Danny Makkelie

45'
90'
24'  Luka Sucic
46'  Mario Pasalic (Ante Budimir)
54'  Luka Modric
55'  Luka Modric
55'  Ante Budimir
60'  Luka Modric
70'  Luka Sucic (Ivan Perisic)
70'  Mateo Kovacic (Luka Ivanusec)
73'  Luka Ivanusec
78'  Marin Pongracic
80'  Luka Modric (Lovro Majer)
82'  Josip Stanisic
90'  Andrej Kramaric (Josip Juranovic)
90'  Marcelo Brozovic
46'  Lorenzo Pellegrini (Davide Frattesi)
57'  Federico Dimarco (Federico Chiesa)
75'  Giacomo Raspadori (Gianluca Scamacca)
81'  Matteo Darmian (Mattia Zaccagni)
81'  Jorginho (Nicolo Fagioli)
90'  Riccardo Calafiori
90'  Nicolo Fagioli
90'  Mattia Zaccagni
90'  Riccardo Calafiori
90'  Luciano Spalletti

"B" guruhining yakuniy jadvali. Ispaniya va Italiya keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Xorvatiya mo'jiza yuz berishini kutadi.

90+9. O'yin yakunlandi! Italiya keyingi bosqichda!

90+8. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Italiya qo'shib berilgan oxirgi daqiqada hisobni tenglashtirmoqda. Rikardo Kalafori  Mattia Zakkaniga mukammal uzatma berdi. Mattia Zakkani esa super zarba bilan vaziyatga nuqta qo'ymoqda!

90+6. Sariq kartochka olish navbati Fadjoliga keldi.

90+3. Kalafori ham o'ziga tegishli sariq kartochkadan bebahra qolmadi.

90+2. Skamakka uzoq masofadan darvozaga kuchli zarba yo'lladi.

90+1.  Marselo Brozovich o'ta qo'pol o'yin uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

90. O'yinga 8 daqiqa qo'shib berildi.

89. Xorvatiya tarkibida o'zgarish. Tempni tushirish maqsad qilingan. Kramarich o'rniga Yuranovich maydonga tushdi.

87. Uxxxxx! Italiya qanday vaziyatni ko'kka sovurmoqda!? Kezaning qanotdan oshirgan to'pini Skamakka darvozaga to'g'rilab yubora olmadi...

85. Italiya tinmay hujum uyushtirishga harakat qilmoqda, ammo biror xavfli vaziyat yaratish qiyin kechmoqda.

82. Yosip Stanishich juda qo'pol o'ynagani sabab ogohlantirildi.

81. Italiya tarkibida o'zgarish. Darmian va Jorjino maydondan olindi. Jadjiolli va Zakkani maydonga tushirildi.

80. O'zgarish. Luka Modrich maydondan muxlislarning olqishi ostida chiqib ketmoqda. Uning o'rnini Lovro Mayer egallaydi.

75. Italiya termasi tarkibida o'zgarish. Janluka Skamakka maydonga tushdi, Raspadori esa zaxiraga olindi.

67. Italiya bosimni oshirmoqda.

66. ZARBAAA! Darmian qulay vaziyatni yo'qqa chiqardi. 

Ayni damda "B" guruhining onlayn jadvali shu ko'rinishda:

60. Luka Modrich ko'pol "podkat" sabab ogohlantirildi.

60. O'yin "yonishni" boshladi!

56. Italiyadan tezkor reakciya: Dimarko o'yindan olindi. Maydonga Federiko Keza tushirildi.

55. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! Luka Modrich gol urmoqda. Xorvatiyalik futbolchi bir daqiqa oldin penaltidan foydalana olmagandi. Modrich keyingi hujumning o'zida gol urmoqda!

54. Donnarumma penaltini qaytarmoqda! Janluiji kimsan Luka Modrich bergan zarbani qaytardi!

53. Penalti! Xorvatiya 11 metrlik zarbaga ega bo'lmoqda.

53. Bosh hakam VARni tekshirmoqda.

52. Xorvatlar penalti so'rashmoqda. Davide Fratezi darvozaga berilgan to'pni qo'li bilan qaytargani malum bo'lmoqda. 

46. Ikkinchi bo'lim boshida ikki jamoada bittadan o'zgarish bo'ldi. Xorvatlarda Mario Pashalich o'rniga Ante Budemir maydonga tushdi. Italiyada Pellegrini o'rnini Fratezi egalladi.

46. Ikkinchi taymga start berildi.


45+1. Dastlabki 45 daqiqalik o'z yakuniga etdi. Hisob hozircha ochilmadi.

45. Birinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berildi.

44. Birinchi bo'limning oxirlarida jamoalar biroz tempni tushirishdi.

36. Lorenco Pellegrini jarima maydoni chegarasidan darvoza tomon zarba yo'lladi. Livakovich o'z o'rnida.

31. Modrichning qanotdan bergan xavfli uzatmasini Donnarumma bartaraf etdi.

27. ZARBAAAAAAAAAAAAAA!  Bastoni tahminan 4-5 metrdan bosh bilan Xorvatiya darvozasini nishonga oldi. Livakovichdan super seyv! O'yindagi eng xavfli vaziyat shu bo'ldi.

26. Mateo Retegi yana bir zarba yo'lladi, bu urinish yana manzilga etib bormadi.

24. Luka Suchich qo'polligi sabab ogohlantirildi.

22. Retegidan yana bir zarba! Bu safar ham to'p himoyachilar tomonidan bloklandi.

21.  ZARBAAA! Retegi bosh bilan Xorvatiya darvozasini ishg'ol qilishiga oz qoldi. Unga himoyachi halal bergan ekan.

19, Pongrachich raqib futbolchisining boshiga kelib urildi. Italiyada jarima zarbasi.

15. Italiyaning hujumlari xavfli ko'rinish olib bormoqda.

14, Barella to'pni o'ng qanotga ajoyib tarzda uzatib berdi. Di Lorenco yana bir marta himoyachini mo'ljalga oldi.

7. Di Lorenco qanotdan xavfli hujum uyushtirdi, ammo uning uzatmasini himoyachi qaytarib yubordi

1. O'yin boshlandi




Croatia

Luka Modric - 55'

EURO Grp. B . 3-tur

25/06/2024, 01:00

1
:
1
Tugadi

Italy

Mattia Zaccagni - 90'

Stadion: Red Bull Arena Leipzig, 38322 tomoshabin

Bosh hakam: Danny Makkelie

45'
90'
24'  Luka Sucic
46'  Mario Pasalic (Ante Budimir)
54'  Luka Modric
55'  Luka Modric
55'  Ante Budimir
60'  Luka Modric
70'  Luka Sucic (Ivan Perisic)
70'  Mateo Kovacic (Luka Ivanusec)
73'  Luka Ivanusec
78'  Marin Pongracic
80'  Luka Modric (Lovro Majer)
82'  Josip Stanisic
90'  Andrej Kramaric (Josip Juranovic)
90'  Marcelo Brozovic
46'  Lorenzo Pellegrini (Davide Frattesi)
57'  Federico Dimarco (Federico Chiesa)
75'  Giacomo Raspadori (Gianluca Scamacca)
81'  Matteo Darmian (Mattia Zaccagni)
81'  Jorginho (Nicolo Fagioli)
90'  Riccardo Calafiori
90'  Nicolo Fagioli
90'  Mattia Zaccagni
90'  Riccardo Calafiori
90'  Luciano Spalletti

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика