So’nggi yangiliklar

01:10ОЧЛ. "Насаф" - "Шабаб Ал Аҳли" баҳсини бошқарадиган ҳакамлар маълум!  0 00:43Италияда маош учун энг кўп пул ишлатаётган клуб номи маълум қилинди  0 00:17УЕФА "Рома" ва "Астон Вилла"ни жазолади  0 23:35Наҳотки! Депай ўзи учун жамоа топди  1 23:17"Насаф" назорат учрашувида дуранг ўйнади, голлар 90 ва 90+2-дақиқада урилди  2 22:59Миллатлар лигаси. Франция - Италия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  4 22:35Миллатлар лигаси. Холанд ҳам хеч нима эмас! Қўшниларимиз Норвегия билан дуранг ўйнади  7 22:22Ўзбекистон миллий термасининг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 22:00Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби БАА нега фавқулодда кучайиб кетди?  19 21:42Футзал. Ўзбекистон Бразилияга қарши илк ўртоқлик ўйинида еттита гол фарқи билан ютқазди   31 21:24Невилл нима сабабдан тен Хаг кетмаётганини айтди  3 20:45Аббосбек Файзуллаев: "Ҳозирги кунда осон рақибнинг ўзи йўқ. Кечаги натижалар бунга исбот бўлди"  3 20:34Ўткир Юсупов бугунги машғулотларда иштирок этмади  9 20:21Назорат учрашуви. "Олимпик" "Сўғдиёна" билан жанговар дуранг қайд этди  0 19:56Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасига қарши баҳсга тайёрланишни бошлади  6

Evro-2020'ni kimlar o'tkazib yuboradi? Yangiliklar

Evro-2020'ni kimlar o'tkazib yuboradi?

Evropa chempionati boshlanishiga kam vaqt qoldi.

Ko'pgina terma jamoalar futbolchilarning kengaytirilgan ro'yxatini elon qilishdi, Belgiya terma jamoasi esa allaqachon turnirga ariza topshirishga ulgurdi. Afsuski, katta futbolchilarning barchasi ham qitaning eng nufuzli musobaqasida ishtirok eta olmaydilar – ayrimlarga jarohat halaqit qilyapti. Quyida shunday o'yinchilar haqida malumot bermoqchimiz.

Mark-Andre ter SHtegen (darvozabon, Germaniya terma jamoasi)

Ter SHtegennning yaqinlashib kelayotgan Evropa chempionatini o'tkazib yuborishi haqida xabar shov-shuvlarga sabab bo'ldi. Darvozabon bu haqda instagramdagi sahifasi orqali muxlislarini xabardor qildi. “Klub tibbiyot xodimlari bilan birgalikda tizzamni qo'shimcha operaciya qilish to'g'risida qaror qabul qildik. Evro-2020ni o'tkazib yuborayotganimdan afsusdaman. Ko'p yillardan buyon birinchi marta mamlakatimni o'z uyimda muxlis sifatida qo'llab-quvvatlayman. Turnirda g'oliblik shohsupasiga ko'tarilishimizga umid qilaman! Mavsumlar oralig'idan keyin tomoshabinlar qarshisida maydonga tushishni istayman, ularni judayam sog'indim! Ushbu og'ir mavsumda qo'llab-quvvatlaganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman, o'zingizni asrang!” – deb yozadi darvozabon.

Ter SHtegen 20 may kuni operaciya stoliga yotadi va shu sababli, La Liganing so'nggi turini o'tkazib yuboradi. Ammo Germaniya terma jamoasi darvozabonlar masalasida xavotirlanmasa bo'laveradi, chunki Bundestimda Noyer va Leno singari ajoyib kiperlar bor. 

Virjil van Deyk (himoyachi, Niderlandiya terma jamoasi)

“Liverpul” himoyachisi ushbu mavsumda atigi beshta uchrashuvda maydonga tushdi – u 2020 yilning oktyabrida  “Everton”ga qarshi uchrashuvda jarohat olgandi. Van Deyk tiklanish jarayonini davom ettirmoqda va klub matbuot xizmatiga qita chempionatiga ishtirok qilolmasligini malum qildi.

“Jarohatlanganimdan beri uzoq yo'lni bosib o'tdim. Hozircha hammasi asoratsiz, yaxshi ketmoqda. Yaqinda o'zim to'g'ri deb bilgan qarorni qabul qildim. Evroga bormaslik va mavsumlar oralig'ida yakuniy tiklanish bosqichiga kirishishni to'g'ri deb bildim. Men yangi mavsumda tayyor holda safga qaytishga etibor qaratganman va bu aniq maqsad. Albatta, qita chempionatida ishtirok etmasligim va mamlakat sharafini himoya qilolmayotganim uchun tushkunlikdaman, ammo barcha ushbu holatni to'g'ri qabul qilishi kerak”, – deydi himoyachi.

Ansu Fati (yarim himoyachi, Ispaniya terma jamoasi)

“Barselona” yarim himoyachisining yana bir bor operaciya qilinishi kerakligi to'g'risida ancha vaqtdan beri gapirilmoqda. 2020 yilning noyabr oyida “Betis” bilan o'tgan uchrashuvda Fati tizzasidan jiddiy jarohat oldi va futbolchining to'rt oydan so'ng safga qaytishi kutilayotgandi. Biroq yarim himoyachini muvaffaqiyatli tiklash uchun amalga oshirilgan turli davolash tadbirlari samara bermadi. Endilikda Fati tizzasini qayta tiklashi uchun Evropa chempionatini o'tkazib yuborishi kerak.

Xarvi Barns (yarim himoyachi, Angliya terma jamoasi)

2020 yilning oktyabr oyida Barns terma jamoadagi debyutini o'tkazdi –  Uelsga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida zaxiradan maydonga tushdi. So'nggi ikki yil ichida Barns “Lester”ning asosiy qurollaridan biriga aylandi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 35 uchrashuvda maydonga tushib, 13 bor raqiblarini ranjitdi hamda to'rt golga hammualliflik qildi. Yarim himoyachi tizzasidan olgan jarohati tufayli Evro-2020da milliy terma jamoasiga yordam bera olmaydi. “Lester” bosh murabbiyi Brendan Rojersning takidlashicha, Xarvi mavsumoldi yig'in arafasida tarkibga qaytadi.

Kshishtof Pyontek (hujumchi, Polsha terma jamoasi)

Forvard to'pig'idagi shikastlanish sababli Evroda terma jamoasiga yordam berolmaydi – bu yoqimsiz voqea 12 may kuni yuz berdi. Kshishtof musobaqaning saralash bosqichida ajoyib o'yin namoyish etdi (olti o'yinda to'rt gol). Ijtimoiy tarmoqlarda xabar qilinishicha, “Gerta” tarixidagi eng qimmat futbolchi (32 million evro) allaqachon operaciya qilingan. 

“Jarohat men orzu qilgan Evro-2020da o'ynashimga imkon bermaydi. Biroq hayotda bo'lgani kabi futbolda ham hech narsa sababsiz bo'lmaydi deb ishonaman. Bilaman, Xudoning men uchun rejasi bordir. Men bunga ijobiy qarayman. Men har qachongidan ham kuchliroq bo'lib qaytish uchun qo'limdan kelgan hamma ishni qilaman”, – deb yozadi futbolchi.

Zlatan Ibragimovich (hujumchi, SHveciya terma jamoasi)

Ushbu mavsumda ham Ibra raqiblarini gollari bilan xafa qildi, ammo o'zi ham jarohatlar tufayli ulardan kam dilsiyoh bo'lgani yo'q. Zlatan turli jarohatlar va koronavirus tufayli A Seriyaning 17 uchrashuvini o'tkazib yubordi. SHunga qaramay, forvard 19 uchrashuvda 15ta gol va 2ta assist bilan “Milan”ga hujum chizig'ida ko'p foyda keltirdi.

SHveciya terma jamoasi bosh murabbiyi Yanne Anderssonning aytishicha, Zlatan terma jamoaga turnirda yordam bera olmaydi.

“Men Zlatan bilan suhbatlashdim, afuski, jarohati ushbu yozda Evro-2020da ishtirok etishga yo'l qo'ymasligini aytdi. Albatta, bu Zlatan uchun ham, biz uchun ham qayg'uli xabar. Umid qilamanki, u imkon qadar tezroq maydonga qaytadi”, – deya Anderssonning so'zlaridan iqtibos keltiradi Football Italia nashri.

Marko Roys (yarim himoyachi, Germaniya terma jamoasi)

Futbolchining o'zi xabar berganidek, Roys ham Evro-2020 turniridan benasib qolmoqda. “Og'ir, charchoqli, ammo baxtimga muvaffaqiyatli mavsumdan so'ng Yoaxim Lyov bilan kelishib, Evropa chempionatiga bormaslikka qaror qildim. Bu qarorni qabul qilish men uchun qiyin bo'ldi, chunki men doimo o'z mamlakatim sharafini himoya qilishdan mamnun bo'lganman. Lekin og'ir o'tgan yildan so'ng, tanamga tiklanish uchun vaqt berishga qaror qildim. Tanaffusdan yangi mavsumni yangi kuch bilan boshlash uchun foydalanaman. Yoaximga va terma jamoamizga eng ezgu tilaklarimni bildiraman. Jamoa uchun qayg'uraman va ikki qo'limni birlashtiraman”, – deb yozadi yarim himoyachi.

Roys Evro-2012 bronza medali sovrindori bo'lgan va 2016 yilda jarohati tufayli Franciyadagi turnirni o'tkazib yuborgandi. “Borusiya” yarimhimoyachisi Evro-2020 saralash o'yinlarida to'rtta samarali harakat (uchta gol, bitta golli pas) amalga oshirdi.

Bonus: Jordan Xenderson (yarim himoyachi, Angliya)

“Liverpul” sardori fevral oyida chov qismidan jarohat olgandi va shu vaqtdan beri maydonga tushmadi. Uning yaqinlashib kelayotgan turnirda ishtirok etishi, ro'yxatdagi boshqa futbolchilardan farqli o'laroq, so'roq ostida qolmoqda. Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt hamon “qizillar” yarim himoyachisining qaytishiga umid qilmoqda. Yurgen Klopp ham Xendersonning qaytish imkoniyatini yuqori baholadi.

“Aftidan, Xendersonning holati van Deyknikidan tubdan farq qiladi. Hozir u o'ynamayapti va to'laqonli mashg'ulotlar olib bormayapti, shuning uchun qanday qaror qabul qilish Jordan va Sautgeyt ixtiyoriga havola. O'ylashimcha, imkoniyatlar bor – afsuski, biz uchun emas, hech bo'lmaganda Angliya uchun”, – deydi mersisaydliklar bosh murabbiyi.

Oqilbek Abdubarnoev tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика