So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  2 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  4 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  0 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  7 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  9 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  14 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  8 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  17 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  339

Evro-2020. Italiya ochilish o'yinida Turkiyani "yanchib tashladi"! Yangiliklar

Evro-2020. Italiya ochilish o'yinida Turkiyani "yanchib tashladi"!

Futbol bo'yicha Evropa chempionatining ochilish o'yini Rimdagi "Olimpiko" stadionida o'tkaziladi. Mazkur bahsning matnli translyaciyani kuzatib boring.

Turkiye

EURO Grp. A . 1-tur

12/06/2021, 00:00

3
:
0
Tugadi

Italy

Merih Demiral - 53', Ciro Immobile - 66', Lorenzo Insigne - 79'

Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 12916 tomoshabin

Bosh hakam: Danny Makkelie

45'
90'
46'  Yusuf Yazici (Cengiz Under)
64'  Ozan Tufan (Kaan Ayhan)
65'  Okay Yokuslu (Irfan Kahveci)
76'  Kenan Karaman (Halil Dervisoglu)
88'  Caglar Soyuncu
90'  Halil Dervisoglu
46'  Alessandro Florenzi (Giovanni Di Lorenzo)
53'  Merih Demiral
66'  Ciro Immobile
66'  Leonardo Spinazzola
74'  Manuel Locatelli (Bryan Cristante)
79'  Lorenzo Insigne
79'  Ciro Immobile
81'  Lorenzo Insigne (Federico Chiesa)
81'  Ciro Immobile (Andrea Belotti)
85'  Domenico Berardi (Federico Bernardeschi)

Turkiya – Italiya 0:3

12 iyun, 00.00, «Stadio Olimpiko»

Gollar:

0:1 – 53, avtogol Demiral, 0:2 – 66 Immobile, 0:3 – 79 Insine.

Turkiya – CHaqir, CHelik, Merash, Demiral, Suyundju, Tufan (Ayxan, 64), Yaziji (Under, 46), Yokushlu (Kahvachi, 65), CHalxanoglu, Yilmaz, Karaman (Dervishoglu, 76).

Italiya – Donnarumma, Spinaccola, Kellini, Bonuchchi, Florenci (Di Lorenco, 46), Jorjino, Lokatelli (Kristante, 74), Insine (Keza, 81), Barella, Berardi (Bernardeski, 85), Immobile (Belotti, 81).

Ogohlantirishlar:

Suyunju (88), Dervishoglu (90).

SAHIFANI YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. "Skuadra Adzurra" muxlislarini ajoyib g'alaba bilan tabriklaymiz. Turkiyadan esa kelasi o'yinlarda chiroyliroq, kuchliroq va tezroq futbol kutib qolamiz.

90+1. Uxxxx! Burak Yilmazning zarbasini Jorjo Kellini maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

90. Uchrashuvning 2-bo'limiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

88. Bernardeskiga nisbatan qo'pollik ishlatgan CHag'lar Suyunju ogohlantirildi.

87. O'yin biroz sokinlashdi. Balki, turklar javob golini urishar...

85. O'zgarish. Domeniko o'rniga Bernardeski maydonga tushdi.

84. Berrardi havoga sakragach, erga noqulay tushdi. Jarohat.

81. O'zgarishlar. Insine o'rniga Keza, Immobile o'rniga Belotti tushdi.


79. Goooooool! Lorenco Insine hisobni yiriklashtirdi - 3:0.

79. Yana "Skuadra Adzurra" hujumda. Italiyaning bugungi o'yiniga 5 ballik tizimda 6 baho qo'yamiz.

77. Turkiyada o'zgarish: Kenan Karaman o'rniga Halil Darvishoglu maydonga tushdi.

76. Kenan Karaman jarima maydonchasi isida yuzaga kelgan qulay vaziyatdan foydalana bilamdi.

O'zgarish: Manuel Lokatelli o'rniga Brayan Kristante tushirildi. 

74. Umumt Merash jarima maydoni yaqinida Berrardini qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi. Standart vaziyat.

72. Italyanlar yana bir bor qarshi hujumga o'tib ketishi mumkin edi. Ammo...


67. Gooooool! CHiro Immobile Italiyaning 2-golini urdi.

65. Turkiyada o'zgarishlar: O'zan To'fon o'rniga Kaan Ayxan, Okay Yokushlu o'rniga Irfonjan Qahvachi maydonga tushdi.


63. Jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilib olgan CHiro Immobile o'yindan tashqari holatda edi.

62. Turklar qarshi hujumga o'tib ketishi mumkin edi. Ammo, Burak Yilmaz to'pni o'ziga bo'ysindirolmadi.

59. Kellinining uzoq masofadan bergan zarbasi! yana burchak zarbasi.

58. Insinening zarbasidan keyin burchak zarbasi yuzaga keldi.

56. CHaqirdan ikkita seyv bir necha soniya ichida.

54. Goooooool! Domeniko Berrardi o'ng qanotdan oldinga o'tib, to'pni markazga tepdi. Merix Demiral o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. Avtogol!

53. Zaxiradan maydonga tushgan Jengiz Uner faollik ko'rsatib oldinga o'tdi va darvozaga zarba yo'lladi. Donnarumma xavfni bartaraf qildi.

48. Germaniya termasi futbolchilari ochilish o'yinini kuzatishmoqda:


47. Italiya yana bo'limni faol tarzda boshladi. Oldinga o'tdi va burchak zarbasi ishladi...

Jamoalar tarkibida bittadan o'zgarish: Yussuf Yaziji o'rniga Under, Florenci o'rniga Di Lorenco maydonga tushdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. To'pni o'yinga italyanlar kiritib berdi.

JCH-2022 saralashi. O'zbekiston Yamanni kichik hisobda mag'lub etdi

Tanaffus vaqtida Yaman va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi bahs yakunlandi. Bu o'yin bilan Saudiyaga qarshisiga chiqa olarmikanmiz? 


Birinchi bo'lim yakunlandi. Taym davomida "Skuadra Adzurra" ustunlik qildi. Italyanlarda intilish bor, ammo natija yo'q ekan. Tanaffus!

45. O'yinga VAR aralashdi. To'p qo'lga tekkan, ammo penalti yo'q. Uchrashuv davom etadi.

Uxxxx! To'p yana jarima maydoni ichidagi Zeki CHelikning qo'liga tegdi va yo'nalishini o'zgartirdi. Balki, endi penalti berar? Yo'q. Danni Makkeli yana jim.

44. Nihoyat, Turkiya oldinga bordi. Yilmaz jarima maydoni ichida yiqildi. Penaltimi? Yo'q, niderlandiyalik hakam yana jim...


43. Immobiledan zarba! CHaqir yana o'z o'rnida.

42. "Skuadra Adzurra" 3 daqiqadan beri turklarni o'z jarima maydoniga qamab qo'ydi. Qamashga qamadida, keyin nima qilishni bilmayapti. Yakuniy zarbani qachon ko'ramiz?

40. SHenol Gyunesh raqib yarim maydonida o'ynashni istamayapti. Himoya, mudofaa, ixota...

39. Domeniko Berrardi o'yindan oldin qazidan ko'proq egan shekilli. Tinim bilmayapti. Ammo uning yana bir zarbasi osmon-u falakka uchib ketdi...

36. Insine turlar darvozasini yana bir bor o'qqa tutdi. Ug'urjan CHaqir o'z o'rnida. Sulaymon CHaqir bo'lib ket-e, yigit!

35. Turkiyadan ilk xavli hujum, ammo O'zan To'fon to'pga ulgurmadi. Aks holda, hisob ochilardi...

32. Berrardining qanotdan uzatmasiga Immobile bosh bilan zarba berdi. Noaniq.

30. Uchrashuvning yarim soati ortda qoldi. Hozircha, turklar matonat bilan "moviy gvardiya"ning hujumlariga dosh berishmoqda.

28. Barella jarima maydoni ichida yiqilidi. Penalti yo'q, chunki u yiqitilmadi. Italyanlar penalti so'rashmoqda. Bo'ldi-da, yigitlar)

24. "Skuadra Adzurra" davomli bosim uyushtiryapti. Turklar to'liq tarkibda himoyalanish bilan band.


22. Uxxxx! Burchak zarbasidan oshirilgan to'pni Kellini boshi bilan zarba berdi. Ug'urjan CHaqirdan ajoyib super seyv! Mana, Gyunesh nega "Trabzonspor" posbonini tanlagan.

20. Immobile jarima maydoni tashqarisidan zarba yo'lladi. To'p CHag'lar Suyunjuning qo'liga tegdi! Yo'q, Danni Makkeli yana jim. Penalti yo'q. O'yin davom etadi.

19. Bonuchchi birdan oldinga qarab yugurib qoldi va darvozaga zarba berdi. Noaniq. Bugun turk himoyachilari o'zlariga o'xshashmayapti...


17. Italyanlarda chap qanot ancha faol. Bu gal Insine jarima maydoniga kirib borib, burama zarbani amalga oshirdi, ammo noaniq.

16. Spinaccola yana chap qanotdan oldinga o'tib, to'pni ichkariga uzatdi. To'p jarima maydoni ichidagi Zeki CHelikning qo'liga tekdi. Penaltimi? Yo'q, VAR jim - o'yin davom etadi.

14. Leonardo Spinaccolaning chap qanotdan oldinga o'tib, to'pni jarima maydonchasi ichiga uzatdi. Yana himoyachilar faollik namoyish qilishdi.

13. Berrardining jarima maydonchasi tashqarisidan yo'llagan darvozasi himoyachilar tomonidan "bloklandi".

11. Burak Yilmaz o'ng qanotdan oldinga o'tib, to'pni jarima maydoni ichiga uzatdi. Ammo, bu erda turklardan hech kim yo'q edi...

7. Domeniko Berrardi turklar jarima maydonchasi isida raqiblariga bosim o'tkazib ko'rdi. Darvozabon Ug'urjon CHaqir o'z vaqtida to'pni egallab oldi.

3. Malumot uchun, SHenol Gyunesh jamoasining sardori Burak Yilmaz hamda o'ng qanot himoyachisi Zeki CHelik Franciya chempionatining so'nggi mavsumida chempion bo'lishdi. Endigi harakat qitani zabt etishga...

1. Ketdi! To'pni o'yinga turklar kiritib berishdi. Salom, Evro-2020!

Madhiyalar...

Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda...


Ochilish marosimi...

Italyan futboli afsonalari ham Rimda. Alessandro Nesta hamda Franchesko Totti


LIVE  Evro-2020. Turkiya - Italiya o'yinigacha...


Turkiya - Italiya

11 iyun 2021 yil. Rim. "Olimpiko" stadioni. 23:55

Bosh hakam: Danni Makkeli (Niderlandiya)

Qanot hakamlari: Xessel Steegstra va Yan de Vris (ikkisi Niderlandiya)

Zaxira hakami: Stefani Frappar (Franciya)

VAR hakami: Bastian Dankert (Germaniya)

VAR hakami yordamchilari: Pol van Bukel (Niderlandiya) va Kristian Gittelmann (Germaniya)

Marhamat, uchrashuv rasmiylari bilan tanishing.

Turkiye

EURO Grp. A . 1-tur

12/06/2021, 00:00

3
:
0
Tugadi

Italy

Merih Demiral - 53', Ciro Immobile - 66', Lorenzo Insigne - 79'

Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 12916 tomoshabin

Bosh hakam: Danny Makkelie

45'
90'
46'  Yusuf Yazici (Cengiz Under)
64'  Ozan Tufan (Kaan Ayhan)
65'  Okay Yokuslu (Irfan Kahveci)
76'  Kenan Karaman (Halil Dervisoglu)
88'  Caglar Soyuncu
90'  Halil Dervisoglu
46'  Alessandro Florenzi (Giovanni Di Lorenzo)
53'  Merih Demiral
66'  Ciro Immobile
66'  Leonardo Spinazzola
74'  Manuel Locatelli (Bryan Cristante)
79'  Lorenzo Insigne
79'  Ciro Immobile
81'  Lorenzo Insigne (Federico Chiesa)
81'  Ciro Immobile (Andrea Belotti)
85'  Domenico Berardi (Federico Bernardeschi)

Assalomu aleykum, qadrli muxlislar! Nihoyat, Evro-2020 musobaqasi start olmoqda. Bugun siz bilan turnirning ochilish o'yinini birga kuzatib boramiz.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика