So’nggi yangiliklar

11:29"Арсенал"нинг ёздаги иккита асосий трансфер мақсадлари маълум бўлди  0 11:07"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Раҳимов Иброҳим  0 10:47ОКМК иккинчи хориж йиғинини Анталияда давом эттиради  0 10:23Расман: Дилшод Жўраев, Ихтиёр Тошпўлатов, Жасур Азимов "Хоразм" футболчиси  1 09:37"Локомотив" Туркияга қандай таркиб билан йўл олди?  1 09:19Sofascore. "Пахтакор" футболчилари "Ал Гарафа" билан ўйинда неча баҳога лойиқ кўрилди?  11 08:43Ўзбекистон аёллар терма жамоаси бош мураббийи ўз мамлакатида 2024 йилнинг энг яхшиси бўлди  1 07:30"Пахтакор"нинг "Ал Гарафа" майдонидаги ғалабасиз серияси давом этади  3 03:30Испания кубоги. "Атлетико" "Хетафе"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  2 02:31Криштиану Роналду: "Менинг эртагим" (мутолаа учун)  73 01:45"Пахтакор" бош мураббийи Педру Морейра: "Ўйин қийин кечишини билгандик"  18 01:27Элит ОЧЛ. "Персеполис" "Ал Ҳилол"га йирик ҳисобда ютқазди. "Пахтакор"нинг плей-офф учун имкониятлари сақланиб қолмоқда  6 01:05Аббосбек Файзуллаев: "РПЛда чемпионлик учун курашишда давом этамиз"  5 00:38РПЛ Қишки кубоги. ЦСКА "Зенит"га пенальтилар сериясида ютқазди. Файзуллаев 71-дақиқада майдонга тушди  1 00:08Неймар "Сантос"даги илк машғулотига вертолетда келди  5

Evro-2020. SHveciya penalti evaziga Slovakiyani mag'lub etdi Yangiliklar

Evro-2020. SHveciya penalti evaziga Slovakiyani mag'lub etdi

Evro-2020ning 2-turidan o'rin olgan SHveciya - Slovakiya bahsining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

SHveciya - Slovakiya 1:0

"Sankt-Peterburg" stadioni

Gol: Emil Forsberg (77-pen, 1:0).

SHveciya - 1. Robin Olsen - 2. Mikael Lustig, 3. Viktor Lindelof, 24. Markus Danielson, 6. Lyudvig Augustinsson (5. Perr Bengtsson, 88)- 7. Sebastyan Larsson, 20. Kristoffer Olsson (17. Viktor Klasson, 64), 8. Albin Ekdal (13. Gustav Svensson, 88), 10. Emil Forsberg - 9. Markus Berg (22. Robin Kvayson, 64), 11. Aleksandr Isak.
Zaxiradagilar: 12. Karl-Yuxan Yunsson, 23. Kristoffer Nordfeldt, 14. Filip Xelander, 15. Ken Sema, 16. Emil Kraft, 18. Pontus Yansson, 21. Deyan Kulusevski,  26. Yens-Lis Kayuste.

Slovakiya - 1. Martin Dubravka - 2. Peter Pekarik (18. Lukash Garaslin, 65), 5. Lyubomir SHatka, 14. Milan SHkrinyar, 15. Tomash Gubochan (16. David Gancko, 84) - 19. Yuray Kucka, 13. Patrik Groshovski (21. Mixal Dyurish, 84), 24. Martin Koshelnik - 17. Marek Gamshik (11. Laslo Benesh, 77), 20. Robert Mak (7. Vladimir Vayss, 77), 8. Ondrey Duda.
Zaxiradagilar: 12. Dushan Kucyak, 23. Marek Rodak, 4. Martin Valent, 6. Yan Gregush, 9. Robert Bojenik, 22. Stanislav Lobotka, 25. Yakub Xromada.

Ogohlantirish: Kristoffer Olsson (24), Martin Dubravka (75), Ondrey Duda (80)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! SHveciya pley-offni deyarli hal qilmoqda!

90+5. UXXXX!! VAR SHveciya termasi darvozasi tomon penaltini ko'rib chiqdi. Biroq penalti bo'lmadi.

90+2. Kucka burchakdan oshirilgan to'pga boshi bilan zarba yo'lladi. U havodagi kurashda Lindelofdan ustun keldi, biroq fol ishlatdi.

Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shib berildi.

88. SHveciya vaqtdan yutish uchun ikki o'zgarishga qo'l urdi.

87. Burchak zarbasidan keyin SHveciya tezkor qarshi hujumga o'tib ketishi mumkin edi. Tezkor qarshi hujumni to'xtatib qolgan Vayss ogohlantirildi.

86. Ajoyib vaziyat! Slovakiya yana bir imkoniyatga ega bo'ldi. Himoyachilar to'pni burchakka chiqarib yubordi.

82. ZARBAAAAA!! Isak bir necha futbolchilarni aldab o'tib, zarba yo'llay olmadi. Ekdalning zarbasi raqibiga tegib, burchakka chiqib ketdi.

80. Bosh hakamga qattiq etiroz bildirgani uchun Ondrey Duda ogohlantirildi.

77. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!!! Forsberg penaltidan unumli foydalandi! Posbon zarba yo'nalishini topgandi.

Eslatib o'tamiz, musobaqada 6 penalti belgilangan bo'lsa, shularning faqatgina ikkitasi golga aylandi holos.

75. PENALTIIIII!! Isak penalti ishlamoqda. Dubravka bu safar ulgurmadi va sariq kartochka ko'rsatildi.

71. ZARBAAAAAAAA!! Isak 3-4 raqibini osonlik bilan aldab o'tib, Dubravka darvozasi tomon zarba yo'lladi. Martindan ajoyib seyv!

68. AJOYIB IMKONIYATTTT!!! O'ng qanotdan oshirilgan to'pga Isak boshi bilan zarba yo'lladi. Barcha gol deb o'ylagan paytda to'p darvozaning yuqori qismidan o'tib ketdi.

62. ZARBAAAAAAAA!! Isakning zarbasi raqibiga tegib, burchakka chiqib ketdi.

60. ZARBAAAAAAAA!! Burchakdan uzatilgan to'pni Isak Danielsonga tashlab berdi. Markusning boshi bilan yo'llagan zarbasi darvozaning ustidan o'tib ketdi.

59. ZARBAAAAAAAA!! Augustinssoning boshi bilan yo'llagan ajoyib zarbasini Dubravka bartaraf qildiiiii!!! O'yinda vaziyatlar ko'paymoqda.

58. ZARBAAAAAAAA!!! Kuckaning boshi bilan yo'llagan ajoyib zarbasiga Olsen tezkor reakciya ko'rsata oldi. Bu vaziyatda offsayd ham qayd etildi.

56. Forsberg bir necha raqibini aldab, jarima maydonchasi ichiga kirib kelishi mumkin edi. Lekin himoyachi xavfni bartaraf qildi. 

52. SHveciya yana oldinga o'tdi. Isakning qanotdan Berg tomon oshirgan to'pini SHkrinyar qaytarib yubordi.

47. ZARBAAAAAA!! Isakning kuchli zarbasini SHkrinyarning podkati qaytardi.

46. IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

Tanaffus! Bosh hakam zerikarli o'tayotgan uchrashuvning birinchi taymiga soniya ham qo'shib bermadi.

43. Gamshikning zarbasi noaniq ketdi va jamoadoshlaridan norozi bo'ldi. Menimcha u to'pni yanada oldinroq tashlab berilishini so'radi. Ammo zarba nuqtasi gol urish uchun ideal edi.

40. Slovakiyada yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi. Qanotdan oshirilgan to'pni Mak markazga o'tkazib yuborgandi. Ammo mo'ljalda hech kim yo'q edi.

38. Slovakiya burchak zarbasiga ega bo'ldi. Gamshikning oshirgan uzatmasi unchalik xavfli bo'lmadi. Himoyachilar to'pni markazga tepib yubordi.

35. Xavfli vaziyattttt!! Gamshik jamoadoshining ajoyib pasidan keyin raqib posti yonida to'p bilan paydo bo'ldi. Ammo zarba berishga ulgurmadi.

30. Nihoyat, Slovakiya ham hujumga o'tdi. Groshovski raqib jarima maydonchasi ichida to'pni sherigiga oshirgandi. Augustinsson to'pni qorni bilan qaytarib yubordi.

28. Ajoyib vaziyat! Augustinsson raqib jarima maydonchasi yonida to'pni oldirib, tezda olib qo'ydi va jarima maydonchasiga uzatdi. Bergning chalqancha uslubda yo'llagan zarbasini Dubravka mushtlari bilan urib yubordi.

24. Kuckaga qarshi fol ishlatgani uchun Olsson ogohlantirildi.

21. SHveciya burchak zarbasiga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'pni himoyachilar qaytarib yubordi va hujumda Koshelnikka qarshi fol ishlatildi.

17. Uchrashuv asosan Slovakiya yarim maydonida o'tmoqda. Ammo vaziyatlar ko'rmayapmiz.

13. ZARBAAAAA!! Jarimadan oshirilgan to'pga Ekdal boshi bilan zarba yo'lladi. To'p darvozaning ustidan o'tib ketdi.

10. SHvedlar yana hujumda. O'ng qanotdan oshirilgan to'p uchun Berg hamda Pekarik kurash olib bordi. Markus qoidani buzdi va to'p oq kiyimlilarga berildi.

6. SHvedlar bosimni oshirmoqda. Larssonning qanotdan oshirgan to'pini himoyachilar qaytarib yuborishdi.

3. Larssonning zarbasini Dubravka qiyinchilik bilan ushlab oldi.

2. Uchrashuv starti qo'pol fol bilan boshlandi. Olsson raqibi SHkrinyarni yiqitib yubordi. SHved o'z aybini tan oldi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

17:57. SHveciya davlat madhiyasini ham tingladik. Uchrashuvni boshlashga shay holatdamiz!

17:56. Stadion uzra Slovakiya madhiyasi yangradi.

17:54. Demak, termalar maydonga chiqib kelishdi.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Bir necha daqiqalardan keyin Evro-2020ning E guruhi 2-turidan o'rin olgan SHveciya - Slovakiya uchrashuvi start oladi. Bahsning matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика