Xalqaro o'rtoqlik turniri. O'zbekiston U-17 terma jamoasi bugun Slovakiya bilan o'ynaydi
10 fev 07:33
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/814273_original.jpg)
![](/upload/storage/814273_220.jpg)
Xalqaro o'rtoqlik turniri. O'zbekiston U-17 terma jamoasi bugun Slovakiya bilan o'ynaydi
Islom Ismoilov boshchiligidagi O'zbekiston U-17 terma jamoasi aprel oyida Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan U-17 Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Vakillarimiz musobaqaga munosib taraddud olib borish maqsadida ayni paytda Antaliyada o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib bormoqda. Terma jamoamiz mazkur yig'in doirasida “Antalya Youth Cup” xalqaro turnirida ishtirok etadi. Bugun hamyurtlarimiz ilk uchrashuvini Slovakiyaga qarshi o'tkazadi. Bahs 13:00da start oladi.
Malumot uchun, O'zbekiston U-17 terma jamoasi bu musobaqada shuningdek Marokash va Chexiya o'smirlari bilan bellashadi.
O’xshash yangiliklar
14:58
U-17 xalqaro o'rtoqlik turniri. 6 ta gol urilgan bahsda O'zbekiston Slovakiyaga mag'lub bo'ldi 9
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar