Evro-2020. Runi talqinida musobaqaning eng yaxshi futbolchisi kim?
04 iyu 2021 21:56
Yangiliklar
Evro-2020. Runi talqinida musobaqaning eng yaxshi futbolchisi kim?
Angliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Ueyn Runi Evropa chempionatida yorqin o'yin ko'rsatgan futbolchi haqida to'xtaldi.
"Ko'pchilik qatori men ham Franciyani favorit hisoblagan edim, lekin terma jamoa hayron qoldirdi. Ayniqsa, Pol Pogba uchun afsusdaman. Franciya 1/8 finalda yutqazib, turnirdan chiqib ketguniga qadar u eng yaxshi edi. Uning Benzema va Mbappega oshirib bergan paslari qoyilmaqom chiqdi.
Polning yarim himoyadagi sherigi Kante ekanligi uning baxti. Pogbaning yorqin o'yin ko'rsatayotganiga sabab poziciyaning to'g'ri tanlanganidir. U nisbatan orqaroqda o'ynadi, bu orqali o'ylab olishi va ajoyib uzatmalarni namoyish qila olishi mumkin bo'ldi", – dedi Runi.
Eslatib o'tamiz, Franciya terma jamoasi nimchorak finalda SHveycariyaga mag'lub bo'lib, musobaqani tark etgandi.
Fikrlar