Evro-2020. Runi talqinida musobaqaning eng yaxshi futbolchisi kim?

Sherzod Nurmatov
4 iyul 2021, 21:56
Angliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Ueyn Runi Yevropa chempionatida yorqin o'yin ko'rsatgan futbolchi haqida to'xtaldi.

"Ko'pchilik qatori men ham Fransiyani favorit hisoblagan edim, lekin terma jamoa hayron qoldirdi. Ayniqsa, Pol Pogba uchun afsusdaman. Fransiya 1/8 finalda yutqazib, turnirdan chiqib ketguniga qadar u eng yaxshi edi. Uning Benzema va Mbappega oshirib bergan paslari qoyilmaqom chiqdi. 

Polning yarim himoyadagi sherigi Kante ekanligi uning baxti. Pogbaning yorqin o'yin ko'rsatayotganiga sabab poziciyaning to'g'ri tanlanganidir. U nisbatan orqaroqda o'ynadi, bu orqali o'ylab olishi va ajoyib uzatmalarni namoyish qila olishi mumkin bo'ldi", – dedi Runi. 

Eslatib o'tamiz, Fransiya terma jamoasi nimchorak finalda Shveytsariyaga mag'lub bo'lib, musobaqani tark etgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Times