Evro-2020. Portugaliya – Germaniya. "Nemis mashinasi"ning 4 ta golida bevosita qatnashgan futbolchi "bahs yulduzi" deb topildi
19 iyu 2021 23:54
Yangiliklar
Evro-2020. Portugaliya – Germaniya. "Nemis mashinasi"ning 4 ta golida bevosita qatnashgan futbolchi "bahs yulduzi" deb topildi
Evropa chempionati "F" guruhi 2-turi doirasidagi Portugaliya – Germaniya uchrashuvi (2:4) o'tkazildi.
Germaniya himoyachisi Robin Gozens dramatik o'yinning eng yaxshi futbolchisi deya topildi va "star of the match" ("bahs yulduzi") mukofotini qabul qilib oldi.
"Atalanta" azosi Gozens "nemis mashinasi"ning 4 ta golida bevosita qatnashdi. Gozens 62-daqiqada almashtirildi. U o'z hisobiga gol va golli uzatmani yozib qo'ydi.
Fikrlar