So’nggi yangiliklar

10:23“Ливерпуль“ яна тўртта трансферни амалга оширмоқчи  3 09:57“Краснодар“ футболчисига МЮ ва ПСЖ қизиқиш билдирмоқда  1 09:30Неймар “Сантос“ билан янги шартнома имзолади. Унинг янги маоши маълум  1 09:01Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир чорак финалчи аниқланади  1 08:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси ўртоқлик учрашувида йирик ҳисобдаги ғалабани қўлга киритди  3 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. Навбатдаги нимчорак финалчилар маълум  6 07:21Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2 га тушириб юборилди  2 02:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди  16 01:30Уильямс "Атлетик" раҳбариятга "Барселона"га ўтмоқчи эканини айтди  1 01:15"Барселона" Фати билан шартномани узайтириб, уни ижарага беради  4 00:50"Арсенал", "Челси" ва "Бавария" Барколяни сотиб олиш учун кураш олиб бормоқда  1 00:30Григорий Колосовский: "Бугун "Арал"дан кўра иккита кўп хато қилдик"  2 00:17Неъматилло Қуттибоев: "Бугун ғалаба қозонмасак, "Локомотив" билан орадаги фарқ ортиб кетарди"  1 00:02Асрор Алиқулов: "Кубокка даъвогар жамоани мусобақадан чиқариб юбордик. "Нефтчи"нинг услубига тайёр эдик"  9 23:50Ўзбекистон аёллар терма жамоаси назорат ўйинида Фаластинни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  1

Evro-2020. Slovakiya bir kishi kam bo'lib qolgan Polshani mag'lub etdi Yangiliklar

Evro-2020. Slovakiya bir kishi kam bo'lib qolgan Polshani mag'lub etdi

Evropa chempionati "D" guruhi 1-turi doirasidagi uchrashuv matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Sankt-Peterburg, "Gazprom Arena". 21:00

Bosh hakam: Ovidiu Xacegan (Ruminiya)

Qanot hakamlari: Radu Gingulyak va Sebastyan George (ikkisi Ruminiya)

Zaxira hakami: Ishtvan Kovach (Ruminiya)

VAR hakami: Marko Di Bello (Italiya)

VAR hakami yordamchilari: Jerom Brisar (Franciya), Filippo Meli (Italiya) va Massimiliano Irrati (Italiya)

Polsha – Slovakiya 1:2

Sankt-Peterburg, "Gazprom Arena"

Gollar: Linetti 46' – avtogol SHensni 18', SHkrinyar 68'

Polsha: 1.SHensni, 18.Bereshinski, 15.Glik, 5.Bednarek, 13. Ribus ( 26.Puxach, 74), 8.Linetti (19.Frankovskiĭ, 74), 10.Krixovyak, 14.Klix (16.Moder, 85), 21.Yuzvyak, 20.Zelinski (11.Sviderskiy, 85), 9.Levandovski

Zaxira: 12.Skorupski, 22.Fabianski, 3.Davidovich, 4.Kendzera, 6.Kozlovskiy, 17.Plaxeta, 24.SHverchok, 25.Gelik        

Slovakiya: 1.Dubravka, 2.Pekarik ( 24.Koshelnik, 79), 5.SHatka, 14.SHkrinyar, 15.Gubochan, 18.Garaslin (21.Dyurish, 87), 19.Kucka, 25.Xromada (13.Groshovski, 79), 20.Mak (10.Suslov, 87), 8.Duda ( 6.Gregush, 90+2), 17.Gamshik

Zaxira: 12.Kucyak, 23.Rodak, 3.Vavro, 7.Vayss, 11.Benesh, 16.Gancko, 22.Lobotka

Ogohlantirish: Gubochan (20), Krixovyak (22).

CHetlatish: Krixovyak (ikkinchi sariq – 62)

O'yin yakunlandi!  Unda Slovakiya Polsha ustidan g'alabaga erishdi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi uchrashuvlarda g'oyibona ko'rishguncha!

90+4. Zarbaaaa!  Levandovski Puxachga pas berdi, uning zarbasidan keyin darvozabon qiyinchiliksiz to'pni egallab oldi. 

90+2. Slovakiyada o'zgarish: Duda o'rniga Gregush o'yinni tugatib qo'yadi. 

90+1. Uuuuux!  Bednarekning 12 metrdan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi. Dahshat! 

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

88. Zarba!  Levandovskining bosh bilan yo'llagan zarbasi manzilga aniq bormadi. 

87. Slovakiyada 2 ta almashtirish: Garaslin o'rniga Dyurish, Mak o'rniga Suslov tushdi. 

85. Polshshada 2 ta o'zgarish: Klix o'rniga Moder, Zelinski o'rniga Sviderskiy maydonga tushirildi. 

82. Bu safar Timoteush Puxach Garaslinga nisbatan qo'pol o'ynadi va hakam bunga befarq qaramadi.

81. Ondrey Duda juda qo'pol o'yin ko'rsatdi. U Puxachni yiqitdi.

79. Slovakiyada 2 ta almashtirish: Xromada o'rniga Groshovski, Pekarik o'rniga Koshelnik o'yinga qo'shildi. 

77. Zelinskining uzatmasidan so'ng Bednarek bosh bilan zarba berdi, bu Dubravkvga shunchaki sovg'a bo'ldi. 

74. Polshada 2 ta o'zgarish: Linetti o'rniga Frankovskiĭ, Ribus o'rniga Puxach o'yinni davom ettiradi. 

71. Polsha vaziyat hosil qilishga urinyapti, ammo hozircha bu samara keltirmayapti. 

68. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Himoyachi Milan SHkrinyar chamasi 13 metrdan zarba berib, gol urdi – 1:2!  Slovakiya oldinda! 

64. Tomash Gubochan ichkariga pas uzatdi, himoyachilar o'shonchli o'ynab, to'pni darvoza oldidan uzoqlashtirishdi.

62. Ana xolos!  Polsha bir kishi kam bo'lib qoldi. Krixovyak qo'pol o'ynagani bois ikkinchi sariqqa loyiq ko'rilib, maydondan chetlatildi! 

59. Petr Zelinski burchakdan ajoyib uzatmani oshirib berdi, ammo raqib birinchi bo'lib to'pga ega chiqdi.

58. Zarba!  Levandovskining jarima zarbasi orqali bergan zarbasidan keyin to'p jonli devorga tegib, maydonni tark etdi. 

56. Macey Ribusning ichkariga uzatmasi Robert Levandovskiga etib keldi, forvard zarba yo'lamoqchi bo'lganida himoyachining qarshiligiga uchradi.

54. Zarba!  Lukas Garaslinning zarbasi darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

52. Petr Zelinski darvoza tomon oshiqdi, ammo himoyachilar tomonidan to'xtatib qolindi. Polshada qulay imkoniyat. 

49. Zarba!  Petr Zelinskining uzoq burchak tomon zarbasi noaniq ketdi.

46. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!   Linetti yaqin masofadan gol urib, hisobni tenglashtirdi – 1:1! 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi.

42. Zarba!  Vanihoyat, Levandovskini katta sahnada ko'rdik, biroq uning zarbasi ancha noaniq ketdi. 

41. Ondrjey Dudaning sherigi tomon amalga oshirgan uzatmasi noaniq chiqdi.

39. To'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich 61ga 39 ekan. 

36. Zarba!  Gamshikning uzoqdan bergan zarbasi aniq chiqmadi. 

34. Zarba!  Krixovyakning kuchli zarbasi sal noaniq ketdi. Undan oldin Levandovski-Linetti kombinaciyasi muvaffaqiyatsizlikka uchragandi. 

33. Kuchckaning bosh bilan bergan zarbasi to'g'ri SHensnining qo'liga borib tushdi. 

33. Malumotlarga qaraganda, gol rasmiy protokolda SHensni nomiga avtogol sifatida yozilgan. 

31. Oxirgi daqiqalarda Slovakiya keskin hujumlarni uyushtirmoqda. Polshaliklar uyg'onishlari lozim. 

29. Mateush Klix ichkari tomon yaxshi pas uzatdi, himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi.

27. Zarbaaa!  Kuckaning kuchli zarbasi darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi. 

26. Polsha himoyachilari ishonchli o'yin ko'rsatishmayapti, Garaslin ichkariga osonlik bilan kirib bordi. 

24. Hozircha o'yinning asosiy yulduzi Robert Levandovski unchalik ko'rinish bermayapti. 

22. Bu gal Krixovyak Xromadani yiqitdi va ogohlantirildi. 

20. Gubochan Krixoavyakni qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi va sariq oldi. 

20. Slovakiya o'ziga kelib oldi, shekilli. Qanotdan hujum uyuushtirmoqda. 

18. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Mak Polsha himoyasini yorib kirib, o'tkir burchakni nishonga oldi – 0:1! 

16. Macey Ribusning ichkariga uzatmasi xavfli ko'rinish kasb etmadi.

15. Kucka Zelinskini turtib yiqitdi, hakam aybdorni og'zaki tarzda jiddiy ogohlantirdi. 

14. Uuuuux!  Dudaning yaqin burchak tomon yo'llagan zarbasi golga o'xshab ketdi, to'p darvoza to'rining tashqi tomoniga tegdi.

13. Polsha himoya orqali hujum boshlayotganda to'pni yo'qotdi, Pekarik Slovakiyani oldinga boshladi. 

11. Ribus Pekarik bilan to'qnashish orqali qoidani buzdi. Hakam darhol futbolchilarning holidan xabar oldi.  

9. Polshaliklardan qoyilmaqom jamoaviy o'yin. O'yinchilar to'pni o'zlarida saqlash orqali o'yinni nazorat qilishyapti.

7. Hozircha katta ustunlik Polbsha tomonda. Jamoa to'pni raqibga bergisi yo'q. 

5. Petr Zelinski jarima maydoni ichkarisi tomon ajoyib kroosni amalga oshirdi. SHkrinyar jonbozlik ko'rsatib, to'pni qaytardi.

4. Zarba!  Robert Levandovski qulay poziciyadan zarba yo'lladi, ammo to'p o'z sherigiga tegib qoldi.

3. Marek Gamshik ichkariga pas uzatdi, ammo himoyachilardan biri xavfni bartaraf qildi.

2. Gjegoj Krixovyak Xromadaga nisbatan fol ishlatdi. Slovakiya jarima zarbasiga ega bo'ldi.

1. O'yin boshlandi!  Uni Slovakiya boshlab berdi. 

Terma jamoalar futbolchilari yashil maydonga chiqib kelishdi. Har ikki davlat madhiyasi yangramoqda. 

Jamoalar chigil yozdi mashqlarini olib borishyapti

Muxlislar "Gazprom Arena" tomon oshiqishmoqda

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun Evropa chempionati "D" guruhi dastlabki turi doirasidagi Polsha – Slovakiya o'yini o'tkaziladi. Ushbu bahsni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.  

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика