So’nggi yangiliklar

21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  0 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  3 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  5 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  5 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  3 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  9 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  3 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  10 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  6

"Evro-2020 kundaligi". "V" va "S" guruhidan nimchorak finalga chiqqan jamoalar va ularning raqiblari haqida Yangiliklar

"Evro-2020 kundaligi". "V" va "S" guruhidan nimchorak finalga chiqqan jamoalar va ularning raqiblari haqida

Evropa chempionatida 3-tur uchrashuvlari o'tkazilmoqda.

Kecha "V" hamda "S" guruhi vakillari ishtirokidagi bahslar bo'lib o'tdi. 

"V" guruhida Daniya 1- va 2-turlarda mag'lub bo'lganiga qaramay 3-turda Rossiyani 4:1 hisobidan mag'lub etdi va 3 ochko bilan 2-o'ringa ko'tarilib oldi. Finlyandiya Belgiyaga 0:2 hisobidan mag'lub bo'lib, 3 ochko bilan 3-o'ringa tushib qoldi. 

Rossiya ham 3 ochko to'pladi, lekin to'plar nisbati va o'zaro o'yinlar sabab 4-o'rinni egalladi. Belgiya 3 o'yinda 9 ochko to'plagan holda nimchorak finalga yo'l oldi. 

Belgiya nimchorak finalda "A", "D", "E", "F" guruhlarning birida eng yaxshi 3-o'rinni qo'lga kiritgan terma jamoa bilan o'ynaydi. 

Ushbu o'yin 27 iyundan 28 iyunga o'tar kechasi 00:00 da start oladi.

Daniyaning raqibi esa malum. Nimchorak finaldi Daniya — Uels qarama-qarshiligiga guvoh bo'lamiz. 

Mazkur bahs 26 iyun kuni 21:00 da boshlanadi. 

Finlyandiya esa boshqa guruhlardagi terma jamoalarning natijasini kutishga majbur. Hozircha 3-tudan keyin "A" guruhida 3-o'rinni egallagan SHveycariyada 4, "C" guruhida 3-o'rinni olgan Ukraina hisobida 3 ochko mavjud. 

Agar Finlyandiya nimchorak final yo'llanmasiga ega chiqsa, "F" yoki "E" guruhidagi birinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoa bilan o'ynaydi.

Kecha "C" guruhidan o'rin olgan 3-tur o'yinlari ham bo'lib o'tdi. 

Niderlandiya termasi SHimoliy Makedoniyani 0:3 hisobida mag'lub etdi. Avstriya esa Ukraina ustidan 1:0 hisobida g'alabaga erishdi

Niderlandiyaliklar 9 ochko bilan 1-o'rinni egallashdi. Avstriya esa 6 ochko bilan ikkinchi bo'ldi. Ukraina hisobida 3 ochko mavjud va jamoa 3-o'rinda. SHimoliy Makedoniya esa birorta ham ochko to'play olmadi va guruhda so'nggi o'rinni egalladi. 

Niderlandiya nimchorak finalda "D", "E", "F" guruhlarida eng yaxshi 3-o'rin sohibi bilan o'ynaydi.

Ushbu o'yin 27 iyun kuni 21:00 da boshlanadi. 

Avstriyaning raqibi esa malum — Italiya!

26 iyundan 27 iyunga o'tar kechasi 00:00 da start oladi. 

Agar Ukraina nimchorak finalga chiqsa "E" yoki "F" guruhida 1-o'rinni egallagan terma jamoalarga qarshi bahs olib boradi.

Muallif : Og'abek Samisov
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика