So’nggi yangiliklar

19:10Суперлига. "Шўртан" – "Сурхон". Таркиблар маълум  0 19:02Суперлига. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" (матнли трансляция)  1 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  4 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  2 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  1 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  0 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  2 15:23Гулер: "Алонсо қўл остида ўзимни "Реал"нинг муҳимроқ футболчиси сифатида ҳис қиляпман"  2 14:58"Челси" Жексон бўйича қарор қабул қилди  4 14:27"Арсенал" Хато билан музокара ўтказди  4 13:55"Реал" мухлислари учун хушхабар  4

"Evro-2020 kundaligi". Hujumkor o'yin ko'rsatadigan Daniya xotirjam Uelsga qarshi (o'yin haqida) Yangiliklar

"Evro-2020 kundaligi". Hujumkor o'yin ko'rsatadigan Daniya xotirjam Uelsga qarshi (o'yin haqida)

Bugundan boshlab Evropa chempionatida nimchorak final o'yinlari start oladi.

Endi bundan bundan buyon yutgan jamoa qolib, yurqazgani uyiga qaytaveradi. Bugungi kunga belgilangan ikki uchrashuvning dastlabkisi Uels — Daniya terma jamoalari ishtirokida o'tkaziladi. 

Ushbu terma jamoalar guruh bosqichida 2-o'rinni olib keyingi bosqichga chiqishdi. 

Uels terma jamoasi haqida

Ushbu terma jamoani o'tgan Evropa chempionatida chorak finalga qadar etib kelib, Portugaliyaga mag'lub bo'lganini eslasangiz kerak. Jamoa mazkur Evroda "A" guruhidan o'z ishtirokini boshladi. 

Dastlabki turda SHveycariyaga qarshi maydonga tushgan uelsliklar durang o'ynashga muvaffaq bo'ldi. O'sha o'yinda Uels o'yin bobida shveycariyaliklardan ortda qoldi. Evropa chempionatining ikkinchi o'yini sifatida yodda qolgan uchrashuv biroz zerikarli bo'lgan edi. 

Keyin turda esa Uels Turkiyaga qarshi o'yin o'tkazdi. Balki turkiyaliklarning o'yini yoki biror boshqa sabab — Uels o'sha o'yinda chinakamiga ustunlikka ega bo'ldi. Bahsning dastlabki daqiqalaridanoq Beyl — Remzi juftligi Turkiya himoyasini buzib tashladi. Remzi bir necha bor yakkama-yakka vaziyatlardan unumli foydalana olmadi. Ammo baribir keyinchalik o'z maqsadiga erisha oldi — bu gol ham yakkama-yakka vaziyatdar urildi. O'yin so'nggida ham Uelsning ko'rsatgan o'yini Turkiyanikidan kuchli bo'ldi. 

3-turda Uels Italiyaga qarshi o'ynadi. Italiya ham, Uels ham 2-turdan keyin nimchorak finalga chiqishlarini aniq qilib olishgan edi. Italiya tarkibda bir necha rotaciyalarni amalga oshirdi. Garchi ushbu bahs zerikarliroq bo'lsa-da, Italiya g'alabaga erishdi.

Daniya terma jamoasi haqida

Bu terma jamoaning 1-tur o'yinini ko'pchilik bir Eriksen voqeasi bilan yaxshi eslab qolgan bo'lsa kerak. Birgina shu holat barchaning etiborini o'ziga torta olgan edi. Lekin o'sha bahsda Daniya mag'lub bo'lgan — Finlyandiya terma jamoasiga. O'yinda 90 daqiqa Daniya ustun bo'lib turdi. Bir necha bor xavfli hujumlar uyushtirishga ham muvaffaq bo'ldi. Lekin natija tomonlama daniyaliklar mag'lub bo'lishdi o'sha kuni. Hatto Daniya o'sha bahsda penaltidan ham gol ura olmadi. 

2-turda Daniya Belgiyaga qarshi bahs olib bordi. SHu o'yinni daniyaliklar juda ham ajoyib boshlashdi. Dastlabki 15 daqiqada Daniya Belgiyani jarima maydonchasi ichiga "qamab qo'ydi". Bir qator hujumlar bilan raqiblarini shoshirib qo'yishdi. Ikkinchi bo'limda ham xavfli hujumlar tashkil eta olgan Daniya o'z darvozasida 2 bor gol qo'yib yubordi. Jamoa bir bor Belgiya darvozasini ishg'ol qildi. Ammo yakunda baribir daniyaliklar 3 ochkodan mahrum bo'lishdi. 

3-turda Rossiya bilan o'yinda Daniya yana ilk daqiqalardanoq tashabbusni qo'lga olib, oldinga bordi. Hatto Rossiya o'yinning dastlabki 15 daqiqasida maydon chizig'ining Daniya darvozasi joylashgan qismiga o'ta olmay qoldi. O'sha o'yin taqdirini Daniyaning uzoq masofadan bergan zarbalari hal qildi desa bo'ladi. Rossiya esa bir marta gol urdi, shu ham penaltidan.

Xulosa

Ortda qolgan o'yinlardan kelib chiqib Uelsning o'yinin tahlil qilsak, jamoa o'zidan kuchli terma jamoalarga qarshi ehtiyotkorroq va himoyaviyroq o'ynaginini ko'rish mumkin. Bu narsa 1- va 3-turlarda ko'rinib qoldi. 2-turda Turkiyaga ko'rsatgan o'yini esa ularning nimalarga qodir ekanligini ko'rsata oldi, qaysidir bir manoda.

Daniya esa yuqorida tariflanganidek o'yinni o'z nazoratiga olishni istaydi. Hujumlar tashkil etish bobida ham shunday. Jamoada ajoyib kombinacion o'yin va uzoq masofadan zarba beradigan futbolchilar yig'ilgan. Bu narsa o'tgan 3 turda yaqqol ko'rindi.

Uels — Daniya qarama-qarshiligida favorit daniyaliklar. Agar natija emas, balki o'yin etibori bilan olib qaralganda shunday. Aslida, natija jihatdan katta farq yo'q. Xususan, ikki terma jamoa ham o'z guruhlarida 2-o'rinni egallashgan. Ochkolar bobida Uels bir ochkoga ustun. SHu bois katta farq yo'q desa ham bo'ladi. Mazkur o'yinda Rob Peyj shogirdlariga oson bo'lmaydi. Beyl va Remzining o'yini ham katta narsani hal qilishi mumkin. Kasper Xyulmand tuza olgan jamoaviy o'yin esa Daniyaga katta ustunlik beradi. 

Qadrli muxlis, siz mazkur uchrashuvda qaysi terma jamoa g'alaba qozonadi deb o'ylaysiz?

Muallif : Og'abek Samisov
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика