So’nggi yangiliklar

14:41Жота ва гуллар  0 13:46"Арсенал" баскетболчи учун 80 миллион евро тайёрламоқда   0 13:08Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди  6 12:27"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради  6 12:00Лунин қарор қилди  2 11:28МЮ ва "Арсенал" товон пули 85 млн евро бўлган "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 11:02Жасур Абдураимов Биринчи лига жамоаси бош мураббийига айланди  4 10:20"Истанбул Башакшехир" Шомуродовнинг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  9 09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  10 09:23"Сурхон" етакчиларидан бири иккинчи даврани "Динамо"да ўтказади  2 08:52Эшитдик-да. Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси "Пахтакор"да  12 08:25Ўзбекистон МТЖнинг собиқ аъзоси Эрон клубига ўтишга яқин  5 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" ва "Палмейрас" ўртасидаги баҳс якунланди  17 07:44Суперлига. Бугун 15-тур давом эттирилади  3 07:15Дориевнинг дубли "Сўғдиёна"га "Қўқон-1912" устидан ғалаба тақдим этди, "Сурхон" - "Бухоро" баҳсида эса мухлислар гол кўришмади  1

EVRO-2020. Belgiya uchinchi o'yinda ham g'alaba qozondi va 100%lik natija bilan keyingi bosqichga chiqdi Yangiliklar

EVRO-2020. Belgiya uchinchi o'yinda ham g'alaba qozondi va 100%lik natija bilan keyingi bosqichga chiqdi

Finlyandiya - Belgiya uchrashuvi yakunlandi.

Finland

EURO Grp. B . 3-tur

22/06/2021, 01:00

2
:
0
Tugadi

Belgium

Lukas Hradecky - 74', Romelu Lukaku - 81'

Stadion: Saint Petersburg Stadium, 18545 tomoshabin

Bosh hakam: Felix Brych

45'
90'
59'  Tim Sparv (Rasmus Schueller)
70'  Joel Pohjanpalo (Joni Kauko)
70'  Jere Uronen (Nikolai Alho)
90'  Robin Lod (Marcus Forss)
90'  Teemu Pukki (Fredrik Jensen)
65'  Romelu Lukaku
74'  Lukas Hradecky
75'  Leandro Trossard (Thomas Meunier)
75'  Jeremy Doku (Michy Batshuayi)
81'  Romelu Lukaku
81'  Kevin De Bruyne
84'  Romelu Lukaku (Christian Benteke)
90'  Kevin De Bruyne (Hans Vanaken)

Finlyandiya – Belgiya 0:2 (0:0, 0:2)

"Gazprom Arena"

Gollar: 0:1 – 74, avtogol Gradecki, 0:2 – 81 Lukaku.

Finlyandiya – Gradecki, Toyvio, O`SHonessi, Uronen (Alxo, 70), Arayuuri, Lud (Forss, 90), Sparv (SHyuller, 59), Kamara, Raytala, Poxyanpalo (Kauko, 70), Pukki (Yensen, 90).

Belgiya – Kurtua, Vermalen, Boyata, Denayer, de Bryuyne (Vanaken, 90), Azar, Vitcel, Trossard (Mene, 75), SHadli, Doku (Batshuayi, 76), Lukaku (Benteke, 84).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+1. Kutilmaganda maydonda yarim yalong'och qiz paydo bo'ldi. Qo'riqchilar uni olib chiqib ketishmoqda.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

85. O'zgarish: Lukaku o'rniga Benteke maydonga tushdi.

81. GOOOL! Lukaku jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qildi va o'girilib, darvozaning pastki o'ng burchagini nishonga oldi.

74. GOOOL! VERMALEN! Burchakdan uzatilgan to'pni Tomas Vermalen boshi bilan darvozaga yo'lladi, to'p ustun va to'sin kesishgan joyga tegdi va Gradeckining qo'liga tegib, darvozadan joy oldi. AVTOGOL desak to'g'riroq bo'ladi.

72. Finlar himoyada ishonchli o'ynab, durang orqali keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qilishmoqchi.

65. GOOOL! Nihoyat Belgiya hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Gol muallifi Romelu Lukaku. Finlyandiya futbolchisi hujumga o'tayotib to'pni oldirib qo'ydi, Trossar esa tezkor qarshi hujum tashkil qildi va to'pni KDBga uzatdi, Kevin esa markazda to'p so'rayotgan Lukakuga pas berdi va Romelu birga-bir vaziyatda xato qilmadi. VAR vaziyatni tekshirib chiqmoqda. GOL HISOBGA OLINMADI! OFSAYD!

63. CHilonzorda chiroq o'chishi tufayli biroz to'xtalish yuzaga keldi va ushbu to'xtalish uchun ularga "RAHMAT" aytamiz. Biz kuzatayotgan bahsda hisob haligacha ochilgani yo'q va Gradecki yana bir bor jamoasini goldan qutqarib qoldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

45+1. Azar raqib maydonida yiqildi va endi VAR ushbu vaziyatni ko'rib chiqsa kerak. Yo'q, hakamlar vaziyatni ko'rib chiqishmadi.

42. DOKUUUU... Jeremining uzoq burchakka yo'llagan zarbasini Finlyandiya posboni Gradecki qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

37. De Bryuynening ajoyib uzatmasidan so'ng Lukaku darvozaga boshi bilan zarba berdi, biroq posbon to'p yo'lida turgandi va uni qiyinchiliksiz egallab oldi.

36. Azarning raqib jarima maydonchasi oldida o'ylab qo'ygan rejasi amalga oshmadi.

33. Zarbaaa... Trossar chap oyoqda jarima maydonchasi ichiga kirmay Finlyandiya darvozasini ishg'ol qilishga urindi, ammo natija salbiy.

31. Vitsel Lukaku uzatgan to'pga aqlli zarba berishga uringan edi, ammo to'p umuman boshqa yo'nalishda uchib ketdi.

26. To'pga egalik qilish bo'yicha natija: 41%-59%

22. De Bryuyneee... Kevin to'pni qabul qilib, raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi va pastlatib uzatma amalga oshirdi, biroq finlar to'p manziligacha etib borishiga imkon berishmadi.

16. ZARBAAA! Lukakuning jarima maydonchasi ichidan bergan zarbasi noaniq chiqdi. SHu bilan birga qanot hakami bayrog'ini ko'tarib, Romelu ofsaydda qolib ketganini malum qildi.

14. Finlyandiya kutilganidek himoyadan harakat qilyapti, ammo butunlay yotib olgani yo'q va imkon bo'lishi bilan hujumga o'tmoqda. 

4. Ayni damda ushbu jamoalar o'rin olgan guruhda vaziyat shunday: 1. Belgiya - 6, 2.Rossiya - 3, 3.Finlyandiya - 3, 4.Daniya - 0.

1. Uchrashuv boshlandi.

Finlyandiya - Belgiya

Finlyandiya - Gradecki, Toivio, Arayuuri, O’SHonessi, Raytala, Kamara, Sparv, Lod, Uronen, Pukki, Poxyanpalo.

Belgiya - Kurtua, Alderveyrld, Boyata, Vermalen, Mene, Tilemans, Vitcel, Ferreyra-Karrasko, Azar, De Bryuyne, Lukaku.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика