So’nggi yangiliklar

21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  1 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  268 20:41Ўртоқлик учрашуви. Россия Вьетнамни қийинчиликсиз мағлуб қилди  0 20:25ЖЧ саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум бўлди  2 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Фаластин дарвозасига йўл топа олмади!  7 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Япония Хитой дарвозасига жавобсиз 7 та гол урди!   7 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ футболчилари "Бунёдкор" стадионига етиб келишди  6 17:36ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР: Асосий таркибимиз маълум  43 17:17"Бунёдкор" стадиони Ўзбекистон - КХДР учрашувига тайёр  6 17:17ЖЧ-2026 саралаши. Австралия ўз уйида мағлубиятга учради  8 17:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР учрашувини кимлар шарҳлайди?  7 16:53Расман: МЮ ва "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Австралия давом эттиради  4 16:34Фабрицио Романо: "Каземиро "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда"  4 16:15Breaking! Абдуқодир Ҳусанов Францияга учиб кетмоқда  21 15:51Ўзбекистон ва КХДР ўзаро ўйинлар тарихи. Пхеняндаги мағлубият, Гейнрихнинг чиройли голи ва Австралияда "порлаган" Сергеев  4

Evro-2020. Aka-uka Azarlar va Kevin de Bryuyne Belgiyaga g'alaba olib kelishdi Yangiliklar

Evro-2020. Aka-uka Azarlar va Kevin de Bryuyne Belgiyaga g'alaba olib kelishdi

Evropa chempionati "B" guruhi 2-turi doirasidagi uchrashuv matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Kopengagen, "Parken". 21:00

Bosh hakam: Born Keypers (Niderlandiya)

Qanot hakamlari: Sander van Rukel va Ervin Zeynstra (ikkisi Niderlandiya)

Zaxira hakami: Andreas Ekberg (SHveciya)

VAR hakami: Pol van Bukel (Niderlandiya)

VAR hakami yordamchilari: Kevin Blom (Niderlandiya), Benjamen Pajes (Franciya) va Fransua Letese (Franciya)

Daniya – Belgiya 1:2  

"Parken", Kopengagen. 

Gollar: Yussuf Poulsen 2' – Torgan Azar 54', Kevin de Bryuyne 70'

Daniya – 1.Kasper SHmeyxel – 6.Andreas Kristensen, 4.Simon Ker, 3.Yannik Vestergor (11.Andreas Skov Olsen, 84), 5.Yoakim Mexle – 18.Daniel Vass (17.Yens Larsen, 62), 23.Per-Emil Xeyberg, 8.Tomas Dileyni (24.Matias Yensen, 73) – 20.Yussuf Poulsen (15.Kristian Nergor, 62), 14.Mikkel Damsgaard (21.Andreas Kornelius, 73), 9.Martin Breytueyt

Zaxira: 16.Yonas Lessl, 22.Frederik Rennov, 2.Yoakim Andersen, 7.Robert Skov, 12.Kasper Dolberg, 13.Matias Yorgensen, 19.Yonas Vind

Belgiya: 1.Tibo Kurtua – 2.Tobi Alderveyreld, 18.Jeyson Denayer, 5.Yan Vertongen – 15.Toma Mene, 8.Yuri Tilemans, 19.Leander Dendonker, 16.Torgan Azar – 14.Dris Mertens (7.Kevin de Bryuyne, 46), 9.Romelu Lukaku, 11.Yannik Ferreyra-Karrasko (10.Eden Azar, 60)

Zaxira: 12.Simon Minole, 13.Matc Zels, 3.Tomas Vermalen, 4.Dedrik Boyata, 6.Aksel Vitcel, 20.Kristian Benteke, 23.Mishi Batshuayi, 24.Leandro Trossard, 25.Jeremi Doku, 26.Dennis Prat

Ogohlantirishlar: Daniel Vass (59), Mikkel Damsgaard (69), Matias Yensen (82).

O'yin yakunlandi!  Belgiya irodali g'alabani tantana qildi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+4. Torgan Azar Olsenni yiqitgani uchun chariq kartochka oldi. 

90+1. Matias Yensen ohista uzatmani amalga oshirdi, biroq Andreas Kornelius to'pga etib bora olmadi.

Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

90. Zarbaaa!  Yensenning kuchli zarbasi manzilga aniq bormadi. 

89. Andreas Kornelius zarba berishga urindi, ammo himoyachi bunga to'g'anoq bo'ldi.

87. Zarbaaa!  Breytueytning bosh bilan bergan zarbasiga ozgina noaniq ketdi. 

85. Zarbalar bo'yicha statistika – 17:5.

84. Daniyada o'zgarish: Vestergor o'rniga Olsen tushirildi. 

83. Torgan Azarga tibbiy yordam zarur. Hakam uni o'rnidan turg'azib qo'ydi. 

82. O'ng qanotdan tezlik qolgan Tilemans Yensen tomonidan yiqitildi. Aybdorga sariq kartochka ko'rsatildi.

80. Belgiya ikkinchi bo'limda haqiqiy Belgiya qanday ekanligini ko'rsatdi. 

77. Yensenning uzatmasidan so'ng Vestergorning bosh bilan yo'llagan zarbasini Kurtua mushti bilan urib yubordi. 

75. Zarbaaaa!  Breytueytning yaqin masofadan bergan zarbasini Tibo Kurtua qaytardi!  Ajoyib seyv! 

73. Daniyada 2 ta almashtirish: Damsgaard o'rniga Kornelius, Dileyni o'rniga Yensen maydonga tushdi.  

70. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Kevin de Bryuyne o'zining kuchli zarbasi orqali darvozani ishg'ol qildi – 1:2! 

69. Damsgaardga simulyaciya uchun sariq kartochka berildi. U Mene yiqitdi, deya yiqilgandi.  

67. Romelu Lukaku Simon Kerdan to'pni olib qo'ydi, ammo qo'pollik evaziga. 

65. Kevin de Bryuyne burchak zarbasini ijro qildi, to'p esa Yens Larsen tomonidan qaytarildi.

62. Daniyada 2 ta o'zgarish: Vass o'rniga Larsen, Poulsen o'rniga Nergor tushdi. 

61. Torgan Azar Breytueytni yiqitdi, hakam uni og'zaki ogohlantirdi. 

60. Belgiyada o'zgarish: Karrasko o'rniga Eden Azar o'yinga qo'shildi. 

59. Vass Menega nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka oldi.

56. Kevin de Bryuyne 46-daqiqada maydonga tushdi, 54-daqiqada golga assistentlik qildi. Ana sizga daraja! 

54. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!   Hisob tenglashdi!  Lukaku hamda de Bryuyne tashkil etgan hujumni Torgan Azar gol bilan yakunladi – 1:1! 

52. Zarba!  Damsgaardning standartdan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib qoldi.

50. Damsgaard ikki raqib qurvoshidan o'tib ketayotgandi, ammo Tilemans uni qoida buzib, to'xtatdi.  

49. Tilemansning burchakdan amalga oshirgan uzatmasidan keyin Mene bosh bilan ancha noaniq zarba yo'lladi.

48. Zarba!  Dileynining zarbasiga aniqlik etishmadi. 

46. Belgiyada almashtirish: Dris Mertens o'rniga Kevin de Bryuyne tushdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!  Uni Belgiya boshlab berdi. 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus! 

45+1.  Zarba!  Martin Breytueytning zarbasi Belgiyaga hech qanday xavf tug'dirmadi.

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi. 

44. Karraskoning uzatmasi juda muvaffaqiyatsiz chiqdi. Belgiya terma jamoasi ustozi Roberto Martines tanaffusda shogidlariga jiddiy tushuntirish ishlarini olib bormasa bo'lmaydi. 

43. Vanihoyat, Romelu Lukaku o'zini ko'rsatib, Daniya jarima maydoni ichiga kirish borishga urindi. Daniyaliklar sardori, o'sha kungi qahramon Simon Ker uni qo'pollik evaziga to'xtatdi. 

40. Menenining uzatmasiga Karrasko deyarli ega chiqqan edi, ammo so'nggi pallada Mexle Daniya foydasiga o'ynadi.

38. Yussuf Poulsen pasni qabul qilib oldi, ammo himoyachi unga qarshilik ko'rsatib, xavfni bartaraf qildi.

35. Zarbaaaa!  Damsgaardning erlatib yo'llagan zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. 

34. Belgiya hamon o'z o'yinin qura olgani yo'q. Odmani ishongisi kelmaydi, chunki jamoada Tilemans, Azar, Mertens, Lukaku kabi nomlar bor. 

32. Yannik Ferreyra-Karrasko burchak zarbasi orqali to'pni yaqin burchakka oshirdi, SHmeyxel shu erda ekanligini bildirdi.

30. Daniel Vass jarima zarbasidan to'pni ichkariga uzatdi, Kurtua qiyinchiliksiz uni egallab oldi. 

28. Daniya juda tartibli o'yin ko'rsatyapti, tasanno jamoaga. Belgiya esa hozircha raqibning o'yinidan kelib chiqib, o'yin qurishga majbur bo'lmoqda. 

26. Zarba!  Daniel Vass to'ni o'ziga to'g'rilab oldi, zarba berish nuqtasiga chiqdi va yo'lladi. To'p darvoza to'sini utsidan o'tib ketdi.

23. Torgan Azar Daniel Vassga nisbatan juda qo'pol o'ynadi.

22. Andreas Kristensen to'pni qo'li bilan o'ynadi, hakam hushtagini chaldi.

19. Per Xeyberg tomonidan ichkariga ajoyib kroos, ammo himoyachilar to'pni qaytarishga erishishdi.

17. Belgiya uxlayotgandek go'yo. Uyg'onish kerak. 

16. Bu gal Yussuf Poulsen ichkariga kirib borib, noto'g'ri pas berdi.  

14. Martin Breytueyt qanotdan ichkariga kirdi, markaz tomon pas berdi, ammo himoyachilar ishonchli o'ynashdi.

13. Yuri Tilemansdan uzun pas, ammo uning sheriklari voqea joyida mavjud emasdi.

10. O'yinning 10-daqiqasidamiz. Butun stadion Eriksen sharafiga qarsak chalmoqda – hakamlar, murabbiylar, futbolchilar, muxlislar... Atmosfera dahshat!  Yashasin, insoniylik!  

8. Torgan Azar Breytueytga "podkat" tashladi, Born Keypers qoida buzilganini aytdi.

7. Daniya nimalar qilmoqda?!  Jamoa ketma-ket hujum uyushtirmoqda, hamma hayratda. 

5. Zarbaaa!  Yoakim Mexledan qoyilmaqom zarba, ammo Tibo Kurtua uni qaytardi. Hisob o'zgarmadi.

4. Dris Mertens hammadan baland sakrab, bosh bilan zarba berdi. Kasper SHmeyxel markaz tomon kelgan to'pga ega chiqdi.

2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Yussuf Poulsen hisobni ochdi!  Daniya oldinda!  

1. O'yin boshlandi! 

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun Evro-2020 "B" guruhi 2-turi doirasidagi Daniya – Belgiya bahsi bo'lib o'tadi. Ushbu o'yinni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика