So’nggi yangiliklar

01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  3 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0

Evro-2020. Bugun turnirning asosiy bosqichi uchun qura tashlanadi Yangiliklar

Evro-2020. Bugun turnirning asosiy bosqichi uchun qura tashlanadi

Bugun, 30 noyabr kuni Ruminiya poytaxti Buxarestda 2020 yilda o'tkaziladigan Evropa chempionatining asosiy bosqichiga qura tashlanadi.

12 iyundan 12 iyuligacha o'tkaziladigan turnirga 12ta shahar mezbonlik qiladi:

Sankt-Peterburg, Myunxen, Boku, Rim, Buxarest, Kopengagen, Amsterdam, Bilbao, Glazgo, Budapesht, Dublin, London.


24ta jamoa ishtirok etadigan turnirning final o'yini Londondagi "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi.


Bugun o'tkaziladigan qura marosimidan oldin saytimiz o'quvchilariga tadbirga oid bazi malumotlarni taqdim etamiz.


Qura marosimida 24ta jamoa 6tadan 4ta savatga ajratilgan bo'ladi.


1-savatcha

Belgiya

Italiya

Angliya

Germaniya

Ispaniya

Ukraina


2-savatcha

Franciya

Polsha

SHveycariya

Xorvatiya

Gollandiya

Rossiya


3-savatcha

Portugaliya

Turkiya

Daniya

Avstriya

SHveciya

CHexiya


4-savatcha

Uels

Finlyandiya

Pley-off A g'olibi

Pley-off B g'olibi

Pley-off C g'olibi

Pley-off D g'olibi



Qoidalar bo'yicha, guruhga har bitta savatchaning bitta vakili kiradi. Qura jarayonida Armaniston - Ozarbayjon, Bosniya va Gercegovina - Kosovo, Serbiya - Kosovo, Ispaniya - Gibraltar, Rossiya - Ukraina, Rossiya - Kosovo juftliklari bitta guruhga tushmaydi. 

Bazi guruhlarda ishtirokchi jamoalar nomi deyarli malum.


"A" guruhi

Italiya

-

-

Uels/Finlyandiya


"B" guruhi

Belgiya

Rossiya

Daniya

Uels/Finlyandiya


"C" guruhi

Ukraina

Gollandiya

-

-


"D" guruhi

Angliya

-

-

-


"E" guruhi

Ispaniya

-

-

-


"F" guruhi

Germaniya

-

-

-


Eslatib o'tamiz, qura tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика