Evro-2017. (U-21). Portugaliyada ishonchli, Ispaniyada yirik g'alaba
18 iyu 2017 02:04
Yangiliklar


Evro-2017. (U-21). Portugaliyada ishonchli, Ispaniyada yirik g'alaba
Portugaliya terma jamoasi serbiyalik tengqurlarini mag'lub etgan bo'lsa, ispaniyalik yoshlar Makedoniya termasiga umuman imkoniyat qoldirmadi. Ispanlarning gollariga “Atletiko”, “Real” va “Barselona” futbolchilari mualliflik qilishdi. Ispanlar tarkibida ECHL finalida Buffon darvozasini ishg'ol eta olgan Asensio xet trikka erishdi.
Evro-2017 (U-21)
Guruh bosqichi.
1-tur
B guruhi.
Portugaliya U-21 – Serbiya U-21 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 37 Gonsalu Gedesh, 2:0 – 88 Fernandesh.
Portugaliya U-21 – Brunu Varela, Ruben Semedu, Ie, Joau Kanselu, Rodriges, Joau Karvalyu (Sanshesh, 59), Fernandesh, Diogu Jota (Bruma, 46), Ruben Nevesh, Gonsalu Gedesh, Podense (Yuri Medeyrush, 68).
Serbiya U-21 –Milinkovich-Savich, Yovanovich, Antonov, Gayich, Maksimovich, Velkovich, Gruyich (Radonich, 68), Gachinovich, Jivkovich, CHavrich (Plavshich, 46), Jurjevich (Ojegovich, 74).
Ogohlantirish: Gruyich (4), Ruben Semedu (18), Gachinovich (51), Antonov (55), Gayich (70), Bruma (78), Fernandesh (81).
Ispaniya U-21 – Makedoniya U-21 5:0 (3:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 10 Saul, 2:0 – 16 Asensio, 3:0 – 35, penalti Deulofeu, 4:0 – 54 Asensio, 5:0 – 72 Asensio.
Ispaniya U-21 – Arrisabalaga, Valexo, Xorxe Mere, Gayya, Belerin, Markos Lorente, Saul, Asensio (Oyarsabal, 81), Denis Suares, Deulofeu (Sebalos, 63), Sandro Ramires (Inyaki Uilyams, 74).
Makedoniya U-21 – Aleksovski, Demiri, Zaykov, Beytulai, Bardi, Babunski (Kostadinov, 76), Markoski (Djordjev, 46), Velkoski, Angelov (Elmaz, 46), Nikolov, Radeski.
Ogohlantirish: Xorxe Mere (2).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar