Evro-2016 guruh bosqichi o'yinlari uchun eng arzon chipta narxi 25 evro
12 may 2015 17:13
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/171860_original.jpg)
![](/upload/storage/171860_220.jpg)
Evro-2016 guruh bosqichi o'yinlari uchun eng arzon chipta narxi 25 evro
UEFA 2016 yilda Franciya maydonlarida bo'lib o'tadigan Evropa chempionati chiptalari narxini elon qildi.
CHipta sotuvining birinchi bosqichida 10 iyundan 10 iyulgacha 1 mln chipta sotiladi va so'rovlar 12 maydan qabul qilinadi.
Muxlislar uchun to'rt toifa biletlar chiqariladi. Guruh bosqichi uchun chiptalar narxi 25 dan 145 evrogacha, yarim finalga 65 dan 495 evrogacha, final uchun 85 dan 895 evrogacha, ochilish uchrashuv uchun 75 dan 595 evrogacha bo'ladi.
UEFA matbuot-xizmatining malumotlariga ko'ra, 800 ming chipta turnirda ishtirok etuvchi jamoalarga tarqatiladi, 1 mln chipta esa boshqa mamkalat fuqarolariga nasib etadi. UEFA "Evro uchun 20 ming tabassum" xayriya akciyasi doirasida kamtaminlangan bolalarga 20 ming chipta tarqatadi.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar