Evro-2016. "E" guruhi tahlili
24 iyu 2016 18:48
Yangiliklar
"E" guruhi yakunlari haqida to'xtalib o'tamiz.
Ushbu guruhdan Italiya, Belgiya, SHveciya hamda Irlandiya terma jamoalari o'rin olgandilar. Evropa chempionatiga qura tashlanganida ushbu guruh eng qiziqarlilaridan biri bo'lishi taxmin qilingandi.
Albatta, yulduzli Belgiya, Ibragimovichdek futbolchisi bor SHveciya, ortiqcha tarifga hojat bo'lmagan Italiya va tajribali murabbiy qo'l ostidagi Irlandiya terma jamoalari o'rin olgan guruhga "o'lim guruhi" deya tarif berganlar ham topildi.
Yakunda esa Ibra boshchiligidagi SHveciya terma jamoasi to'rtinchi o'rinni egallagan holda o'z uyiga ravona bo'ldi. Qolgan uchta terma jamoa esa turnirni 1/8 finalda davom ettiradigan bo'ldi.
Italiya - 6 ochko
G'alaba - 2
Durang - 0
Mag'lubiyat - 1
To'plar nisbati - 3-1.
Italiyaliklar o'zlari ishtirok etgan turnirlarda doimo etakchilar sifatida qayd etilgan bo'lsalarda, bu safargi Evroda ularni favoritlar sifatida hisoblaydigan muxlis va mutaxassislarni nisbatan kamroq uchratishimiz mumkin edi. Ammo, Antonio Konte boshchiligidagi "moviy gvardiya"chilar turnirni ko'taringi ruxda boshladilar va turnirdagi hozircha yagona ajoyib o'yini evaziga Belgiya terma jamoasini mag'lubiyatga uchratish orqali keyingi bosqich masalasini 90 foizga xal qilib olishdi. Undan so'ng esa SHveciya terma jamoasi kichik ustunlik evaziga mag'lub etildi va birinchi o'rin masalasi muddatidan oldin xal qilindi. Uchinchi turda Irlandiya terma jamoasiga qarshi keraksiz bo'lgan o'yinda Konte asosan zaxira futbolchilariga ishonch bildirdi va jamoa 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi
Italiyaliklar nimchorak finalda endilikda Ispaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadilar. Yodingizda bo'lsa, Evro-2012 finalida ham ushbu terma jamoalar o'rtasidagi o'yin guvohiga aylangandik va o'sha o'yinda ispanlar 4:0 hisobida g'alaba qozonib, Evropa chempionligini qo'lga kiritgandilar. Bu safargi o'zaro o'yin 1/8 final doirasida bo'lib o'tadi. CHorak final yo'llanmasi uchun ayovsiz kurash kechishi tayin.
Guruh bosqichida gol kiritgan italiyalik futbolchilar: Jakkerini, Pelle, Eder.
Belgiya - 6 ochko
G'alaba - 2
Durang - 0
Mag'lubiyat - 1
To'plar nisbati - 4-2.
Belgiyaliklar nafaqat guruh favoriti, balki turnir favoritlaridan biri deya taxmin qilingandi. Biroq, dastlabki o'yinda Italiya terma jamoasiga uchralgan 0:2 hisobidagi mag'lubiyat murabbiy Mark Vilmots yulduzli tarkib bilan hali ko'p mehnat qilishi lozimligini ko'rsatib berdi. Kutilmagan mag'lubiyatdan so'ng, belgiyaliklar ikkinchi o'yinda Irlandiya terma jamoasini yirik 3:0 hisobida dog'da qoldirdilar va guruhdagi imkoniyatlarini yaxshilab oldilar. Uchinchi turda esa Nainggolanning goli evaziga shveciyaliklar mag'lub etildi. Yakunda esa belgiyaliklar 6 ochko to'plagan holda ikkinchi o'rinni egallashdi. O'zaro o'yinda italiyaliklardan uchralgan mag'lubiyat to'plar nisbati nisbatan yaxshiroq bo'lgan belgiyaliklarni ikkinchi o'ringa tushirib yubordi va nimchorak finalda Vengriya terma jamoasini to'qnashtirdi.
Guruh bosqichida gol kiritgan belgiyalik futbolchilar: Lukaku (2), Vitcel, Nainggolan.
Irlandiya - 4 ochko
G'alaba - 1
Durang - 1
Mag'lubiyat - 1
To'plar nisbati - 2- 4.
Evro-2016 boshlanishidan oldin irlandiyaliklar guruh autsayderi hisoblangandi. Martin O'Nil shogirdlari dastlabki turda SHveciya terma jamoasiga to'qnash keldilar va Kiran Klarkning avtogoli evaziga g'alabani qo'ldan chiqardilar. Yakunda o'yin 1:1 hisobida yakunlandi. Ikkinchi turda esa "yaralangan sher" - Belgiya terma jamoasidan 0:3 hisobida mag'lubiyat qabul qilib olindi. Uchinchi turda esa guruhda muddatidan oldin birinchi o'rinni qo'lga kiritgan Italiya terma jamoasiga qarshi to'qnash keldilar va 1:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdilar.
Nimchorak finalda irlandlar musobaqa mezbonlari - Franciya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadilar. Irlandiyaliklar 1/8 finalda "Anrining qo'li" uchun qasos olishga urinib ko'radilar. Qiziq o'yin bo'lishi tabiiy.
Guruh bosqichida gol kiritgan irlandiyalik futbolchilar: Xulaxan, Bredi.
SHveciya - 1 ochko
G'alaba - 0
Durang - 1
Mag'lubiyat - 2
To'plar nisbati - 1-3.
Erik Xamren boshchiligidagi skandinaviyaliklar turnirga ulkan maqsadlar bilan tashrif buyurgandilar. Irlandiya terma jamoasi bilan dastlabki turdagi durangdan so'ng, Ibragimovich jamoadoshlari Italiya terma jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydilar. Uchinchi turda esa shveciyaliklarni faqat va faqat g'alaba qoniqtirardi. Ibragimovich uchun terma jamoadagi so'nggi o'yinda esa yana 0:1 hisobidagi mag'lubiyat qabul qilib olindi. SHu tariqa, SHveciya to'rtinchi o'rinni egallagan holda turnirni erta yakunladi.
Guruh bosqichida shveciyalik futbolchilar umuman gol kirita olishmadi. Irlandiyalik futbolchining avtogoli esa to'plar nisbatidagi urilgan gollar qismining bo'sh turmasligini taminladi xolos.
Guruhning yakuniy jadvali:
Demak, ushbu guruhning uchta jamoasi - Italiya, Belgiya va Irlandiya terma jamoalari Evroda o'z yurishlarini davom ettiradilar.
Aziz To'xtamurodov
Fikrlar