So’nggi yangiliklar

03:10АПЛ. "Лидс" кетма-кет тўртинчи ўйинида гол ура олмади. Кейинги ўйин МЮ билан  0 03:03Франция. ПСЖ осон ғалабага эришди  0 02:41А Серия. Сўнгги дақиқаларда пенальтидан гол ура олмаган "Ювентус" очко йўқотди  5 01:50Чемпионлик учун имкониятлар тугади: "Челси" бир қанча ёмон натижалар қайд этди  1 01:32Лиам Росеньор: "Челси" жуда осон голларни ўтказиб юборяпти"  3 01:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога шартнома таклиф қилди, бироқ...  0 00:38Бундеслига. "Боруссия" Д суперкамбэк амалга оширди  0 00:23АПЛ. "Челси" осмонида қора булутлар: Росеньор жамоаси Ливерпулда йирик ҳисобда ютқазди  18 23:39Венсан Компани: "Рекордни янгилаймиз, деб ўйлайман. Лекин менга бу қизиқ эмас"  3 23:02Арне Слот: "Одамлар бизнинг қимматга футболчилар олиб келганимизни гапиришяпти"  6 22:35"Яйпан" дастлабки уй ўйинларини бошқа стадионда ўтказади  2 22:16"Сўғдиёна" бош мураббийи истеъфога чиқарилиши мумкин  10 22:11"Бавария" ўз рекордини янгилашга яқин  5 21:35Ўзбекистон терма жамоаси эртадан йиғинга киришади  10 21:34Бундеслига. "Бавария"да йирик ғалаба, "Байер" ғалабани қўлдан чиқарди  0

Evrebyo: "CHelsi" - "Barsa" uchrashuvidagi xatolarimni unutdim va baxtli yashayapman" Yangiliklar

Evrebyo: "CHelsi" - "Barsa" uchrashuvidagi xatolarimni unutdim va baxtli yashayapman"

Norvegiyalik hakam Tom Xenning Evrebyo "CHelsi" va "Barselona" o'rtasidagi CHempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvidan oldin ushbu jamoalar o'rtasida kechgan 2009 yildagi mojaroli o'yin haqida esladi.

Referi o'sha bahsda ispan klubi foydasiga bir nechta xatoga yo'l qo'ygan edi.

"O'sha kun men uchun eng yaxshilaridan biri bo'lmagan. Ammo hakamlar bunday xatolarga yo'l qo'yib turadi. Futbolchi va murabbiylar ham xato qiladi. O'sha kun bilan maqtanmayman. Bir nechta xatoga yo'l qo'ydim va bular haqida hammaning o'zi fikri bor. Qaytaraman, murabbiy va futbolchilar ham xato qilishadi, biroq ular bilan hech narsa yuz bermaydi. O'yindan so'ng hech bir futbolchi bilan suhbatlashganim yo'q. "CHelsi" muxlislari menga o'lim bilan tahdid qilishgan. 2012 yilgacha vaziyat yumshamagan, ammo hozir hammasi ortda qoldi.

Ushbu intervyudan so'ng bazi muxlislar yana meni eslashlari aniq. Biroq bundan havotirlanmayman. Odamlar o'zi istaganidek yashashlari mumkin. Osloda oilam va do'stlarim bilan baxtli hayot kechiryapman. Xatolarimni unutdim" - deydi Evrebyo.

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика