Evra: "Messiga "Oltin to'p" berilishidan zerikdim"
15 okt 2021 21:59
Yangiliklar
Evra: "Messiga "Oltin to'p" berilishidan zerikdim"
Franciya terma jamoasining sobiq futbolchisi Patris Evra "Oltin to'p" uchun kurash haqida gapirdi.
"Menimcha, bu yilgi "Oltin to'p" Kantega yoki Jorjinoga atalgan. Jorjino bunga loyiq. Odamlar nima uchun u faqat yarim himoyada o'ynaydi deyishlarini tushunolmayman. Jorjino barcha muhim sovrinlarni qo'lga kiritdi hamda bu g'alabalarga katta hissa qo'shdi.
Messiga bu sovrinning berilishi adolatdan emas. Leoga "Oltin to'p" berilishidan zerikdim. U o'tgan mavsumda nima yutdi? Amerika kubogini qo'lga kiritgandir, lekin "Barselona" bilan nima karomat ko'rsata oldi?
Jorjino o'tgan mavsum muhim sovrinlarni qo'lga kiritdi, shuning uchun agar u mukofotni ololmasa, bu adolatsizlik bo'lardi", - dedi Evra.
Fikrlar