So’nggi yangiliklar

15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  0 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  0 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  15 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  1 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   3 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  3 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  3 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  9 12:03Расман: "Бунёдкор" легионер ҳужумчи трансферини эълон қилди  2 11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  1 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  4 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  8

Erik ten Xag istefoga chiqarilishi kerakmi? Patris Evra javob berdi Yangiliklar

Erik ten Xag istefoga chiqarilishi kerakmi? Patris Evra javob berdi

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Patris Evra ayni damda jamoani boshqarayotgan Erik ten Xagni istefoga chiqarmaslik kerakligini aytdi.

"Bir gapni aytaman: murabbiylarni istefoga chiqarish jonimga tegdi. Agarda Erikni ham ketkazsak, u istefoga chiqarilgan beshinchi murabbiy bo'ladi. Bu biz bilgan "Manchester Yunayted" emas. "Manchester Yunayted"da sodiqlar ishlardi. Hozir unday emas.

Endi jamoaga Jim Retkliff keldi, u futbolga katta etibor beradi, shu sababli unga ham katta bosim tushadi. Muxlislarni aldamagan bo'lardim. Hozir ishlar yaxshi emas.

Jamoa "Aston Villa"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berayotganida tanaffusda "Yunayted"ning 3:2 hisobida yutishini taxmin qilgandim. O'shanda hamma meni ahmoqqa chiqardi, lekin biz yutdik. Ajoyib! Biroq undan keyin "Nottingem Forest"ga mag'lub bo'ldik. Bizga barqarorlik etishmayati.

Erik ten Xag meni tashvishga solmayapti. Menga shunchaki murabbiyni qo'llab-quvvatlash muhim. CHunki o'tgan mavsum uni "Yunayted"ga mos murabbiy deb aytgandik. O'tgan mavsumda u katta vazifani bajargandi.

Biroq MYU har mavsumda nimanidir yutishi majburiy bo'lib boryapti. Agarda jamoa top-4ga kira olmasa, balki, Retkliff yangi murabbiy olib kelar. Ko'ramiz.

Biroq men murabbiylar istefosidan charchadim. "CHelsi" Joze Mourinyuni istefoga chiqargani yodingizdadir. SHundan keyin klubda barqarorlik yo'qoldi, to'xtamasdan murabbiylar istefoga chiqarildi.

Tushunaman, "Yunayted" muxlislarining jaxli chiqqan, lekin yil davomida qanday jamoalar mag'lub etilganini yodga oling. Bugun barchasi o'zgarib ketishi mumkin, lekin tarix o'zgarmaydi", - dedi Evra.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика