Evra "Liverpul" haqida: "30 yil o'tib ularning ham APLni yutadigan paytlari keldi. Ular chempionlikni muxlislar bilan nishonlamayotganidan xursandman"
23 iyu 2020 17:18
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/582802_original.jpg)
![](/upload/storage/582802_220.jpg)
Evra "Liverpul" haqida: "30 yil o'tib ularning ham APLni yutadigan paytlari keldi. Ular chempionlikni muxlislar bilan nishonlamayotganidan xursandman"
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Patris Evra Sky Sports boshlovchisi Devid Jons bilan suhbatda "Liverpul"ning chempionligi ustidan kuldi.
"Patris buni ["Liverpul"ning kubokni boshi uzra baland ko'tarishini] ko'ra oladigan muxlislar yo'qligidan xursand. Ular baribir kubokni olishadiku", - deydi Jons.
"Ha, men bilaman. 30 yil o'tib ularda ham chempionatni yutish vaqti keldi. Ammo men buni muxlislar bilan nishonlamasliklaridan mamnunman", - deb javob berdi Evra.
Eslatib o'tamiz, kecha "CHelsi"ni 5:3 hisobida mag'lubiyatga uchratgan "Liverpul" o'yindan so'ng sovrinni boshi uzra baland ko'tardi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar