Evra "Liverpul" haqida: "30 yil o'tib ularning ham APLni yutadigan paytlari keldi. Ular chempionlikni muxlislar bilan nishonlamayotganidan xursandman"

Alisher
23 iyul 2020, 17:18
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Patris Evra Sky Sports boshlovchisi Devid Jons bilan suhbatda "Liverpul"ning chempionligi ustidan kuldi.

"Patris buni ["Liverpul"ning kubokni boshi uzra baland ko'tarishini] ko'ra oladigan muxlislar yo'qligidan xursand. Ular baribir kubokni olishadiku", - deydi Jons.

"Ha, men bilaman. 30 yil o'tib ularda ham chempionatni yutish vaqti keldi. Ammo men buni muxlislar bilan nishonlamasliklaridan mamnunman", - deb javob berdi Evra.

Eslatib o'tamiz, kecha "Chelsi"ni 5:3 hisobida mag'lubiyatga uchratgan "Liverpul" o'yindan so'ng sovrinni boshi uzra baland ko'tardi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: express.co.uk