Evra: “Agar u Jirudino bo'lganida, uni hamma yaxshi ko'rgan bo'lardi”
07 dek 2020 22:00
Yangiliklar


Evra: “Agar u Jirudino bo'lganida, uni hamma yaxshi ko'rgan bo'lardi”
MYU sobiq himoyachisi Patris Evra “CHelsi” forvardi Olive Jiru haqida fikr bildirdi.
“Jiruning yagona muammoasi bu uning familiyasidir. Agar u Jirudino bo'lganida, uni hamma yaxshi ko'rgan bo'lardi. Fikrimcha, u “CHelsi”ning ayni vaqtdagi eng mahoratli hujumchisi. Unga nisbatan etirozlar bo'layotganiga tushunmayapman, hatto Franciya termasida o'ynayotganida ham shunday. “Arsenal”da ham u doimiy tanqidlarga duch kelardi.
Olive doimo qiyinchiliklarni qabul qiladi va uning bu harakati menga yoqadi. Agar murabbiy bo'lganimda va Jiru jamoamda bo'lganida, u yuz foiz o'ynagan bo'lardi. Har mavsum uning transferi to'g'risida mish-mishlar tarqaladi, ammo hozirda u “CHelsi”ning eng yaxshi forvardi hisoblanadi”, deydi Evra.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar