So’nggi yangiliklar

01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  1 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  0 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  2 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  4 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  23 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  31 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4 19:21"Комо" Бонавентурани сотиб олмоқчи  1 18:53Mirabror Usmanov Cup-2024. Қирғиз Республикаси илк учрашувда Гватемаладан устун келди  2

"Everton"va "Reynjers" sobiq futbolchilari bilan kuchaygan, yulduzli "Al Hilol"dan kubokni tortib olgan "Al Fayha" haqida Yangiliklar

"Everton"va "Reynjers" sobiq futbolchilari bilan kuchaygan, yulduzli "Al Hilol"dan kubokni tortib olgan "Al Fayha" haqida

Teglar :  Al FayhaPaxtakor
"Paxtakor" shu kungacha o'z tarixida Saudiya Arabistonining ko'plab jamoalariga qarshi maydonga chiqqan.

"Al Hilol", "Al Ittifoq" nomlar allaqachon tanish bo'lib ulgurgan. "Al Fayha" esa bu borada yangi raqib. "SHerlar"ning bugungi raqibi haqida quyida fikr yuritamiz. 

Al-Fayha

Abdelhamid Sabiri - 10', Abdelhamid Sabiri - 71'

AFC Champions League Grp. A . 2-tur

03/10/2023, 21:00

0
:
2
Tugadi

Pakhtakor Tashkent

45'
90'
10'  Abdelhamid Sabiri
10'  Ricardo Ryller
18'  Mokher Alrashidi
66'  Sultan Mandash (Mohammed Yahya Majrashi)
71'  Abdelhamid Sabiri
77'  Ahmed Ali Al Kassar
79'  Abdelhamid Sabiri
79'  Anthony Nwakaeme (Malik Al-Abdulmonem)
79'  Abdelhamid Sabiri (Rakan Kaabi)
83'  Rakan Kaabi
84'  Abdulrahman Al-Safar (Husein Al Shuwaish)
5'  Diyor Kholmatov
46'  Przemyslaw Banaszak (Michal Kucharczyk)
56'  Farrukh Sayfiev
63'  Dostonbek Khamdamov (Dilshod Saitov)
68'  Khoziakbar Alidzhanov
72'  Azizbek Turgunbaev (Polatkhoja Kholdorkhonov)
76'  Sardor Sabirkhodjaev (Kimi Merk)
76'  Diyor Kholmatov (Bekhruz Askarov)
90'  Odildzhon Khamrobekov

"Al Fayha" haqida qisqacha malumot

"Paxtakor"ning bugungi raqibi 1953 yilda tashkil topgan. Klub uzoq yillar Saudiya Arabistoning quyi divizionlarida ishtirok etib, 2017/18 yilgi mavsumga kelibgina Pro ligaga qaytdi. Biroq 2019/20 mavsumda turnir jadvalida quyi o'rinni egallaydi va Birinchi divizionga yo'l oladi. Klub elitaga qaytishni uzoq kuttirmadi va tushib ketgan yilidayoq chempion sifatida Pro ligaga chiqdi. 2021/22 yilgi mavsumda Saudiya Arabistoni "Qirol kubogi" (finalda "Al Hilol" penaltilar seriyasida mag'lub etildi 7:6) g'olib chiqdi. CHempionatni esa o'tgan mavsum 11 o'rinda yakunladi. 

Jamoani serbiyalik Vuk Rasovich boshqarmoqda. Mutaxassis arab futboli uchun begona hisoblanmaydi. Bu klubga kelishidan avval "Al Vahda", "Al Dafra", "Al Faysaliy" jamoalarini boshqargan. Uning qo'l ostida "Al Fayha" Qirol kubogini qo'lga kiritdi.  

"Al Fayha" uy uchrashuvlarini Ar-Riyoddagi "SHahzoda Faysal Bin Fahad" stadionida o'tkazadi. 

So'nggi o'yini

Jamoa Saudiya Arabistoni Pro ligasining 8-turida "Al Ittihod"ni qabul qildi va 0:0 hisobida durangga imzo chekdi. Mazkur uchrashuvni germaniyalik hakam Bastian Dankert boshqardi. 

"Al Fayha" - "Al Ittihod" 0:0

Hakam: Bastian Dankert


Saudiya Arabistoni chempionatidan o'rin olgan "Al Feyxa" – "Al Ittihod" uchrashuvini germaniyalik hakam boshqaradi

Jamoa o'z safiga kimlarni qo'shib oldi?

Transferlar oynasidan boshqalar singari top yulduzlarni o'z safiga qo'shib oldi, deyish qiyin. Lekin shunga qaramay sifatli futbolchilarni oldi. Deylik "Reynjers"dan jalb qilingan zambiyalik Fashion Sakala Saudiya Pro ligasida 8ta o'yinda 4ta gol urdi. "Adana Demirspor"dan nigeriyalik Genri CHukvumeka "Everton", "Monako", "Galatasaray" jamoalarida to'p tepgan. "Fiorentina"dan marokashlik Abdelhamid Sabiri hujumkor yarim himoyachi. Belgiya chempionati vakili "Standart"dan bosniyalik Goyko Cimirot barcha uchrashuvlarda 90 daqiqa harakat qilmoqda. Darvozabon sifatida esa "Sporting", "Nottingem Forest", "Partizan" jamoalari sharafini himoya qilgan Vladimir Stoykovich harakat qilmoqda. 

Yangi futbolchilar

Ahmad Al Kassar ("Al Faysaliy"

Abdulrauf Al Duqayl ("Xajer")

Yusuf Haqavi ("Al Nassr")

Gislan Konan ("Al Nassr")

Metaab Al Haldi ("Al Qodisiya")

Rakan Al Kaabi ("Al Ittifoq")

Abdulrahmon Al Anazi ("Al Oruba")

Goyko Cimirot ("Standart")

Navaf Al Harti ("Al Ain")

Abdelhamid Sabiri ("Fiorentina")

Genri CHukvumeka ("Adana Demirspor")

Fashion Sakala ("Reynjers")


Transfermarkt portaliga ko'ra "Al Fayha"ning bugungi kundagi tarkibi 30,30 million evroga baholangan

Saudiya Arabistoni klublariga qarshi Osiyo klublar musobaqalarida jamoa 29 bahsda maydonga tushgan.  ("Al Hilol" bilan 2020 yilgi natijasi bekor qilingan bahslar kiritilgan). Ularda 6 g'alaba, 6 durang va 17 mag'lubiyat kuzatilgan. Raqiblar darvozalari 26 bor ishg'ol qilinib, 56 marta to'p o'tkazib yuborilgan. Jami 7 raqibga qarshi to'qnashuvlar kuzatilgan. "Paxtakor" o'zbek klublari orasida Saudiya Arabistonida zafar quchgan yagona jamoa sanaladi.

"Al Ahli" - 2:1, 0:3, 1:0, 1:2

"Al Ittifoq" - 2:1, 1:0, 0:2

"Al Ittihod" - 0:3, 0:1, 1:1, 0:4, 0:4, 1:2

"Al Nascr" - 2:2, 0:4

"Al Hilol" - 0:2, 0:2, 1:1, 0:2, 2:2, 1:4, 1:2, 0:0

"Al SHabab" - 1:3, 1:2, 2:2, 0:2

"Al Taavun" - 1:0, 5:4

OCHLni muvaffaqiyatsiz boshlagan ikki jamoa qarama-qarshiligi

Ilk turda Turkmanistonga kelgan "Al Fayha" ortga 0:1 hisobidagi mag'lubiyat bilan qaytdi. "Navbahor", "Andijon" jamoalari libosida to'p tepgan Elman Tagaev tomonidan urilgan yagona gol mezbonlarga 3 ochko keltirdi. "Paxtakor" esa o'z maydonida "Al Ain"ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi (0:3). Ayni paytda amirliklar guruhda peshqadam bo'lib turibdi. "Ahal" ikkinchi o'rinni egallab turibdi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика