"Everton" tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiy vafot etdi
17 okt 2015 18:14
Yangiliklar
"Everton" tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiy vafot etdi
"Everton" sobiq futbolchisi va murabbiyi Xovard Kendall 69 yoshida vafot etdi.
Kendall "Everton" tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiy hisoblanadi: Jamoa uning qo'l ostida ikki marotaba Angliya chempionligini (1984-85, 1986-87), Angliya Kubogi (1983-84) va Kuboklar kubogini qo'lga kiritgan. U "Everton" murabbiylik joyiga uch marotaba kelgan: 1981-1987, 1990-1993 va 1997-1998 yillarda.
SHu bilan birga Kendall "Blekbern", "Manchester Siti", "Notts Kaunti" va "SHeffild Yunayted" klublarida ishlagan.
Fikrlar