“Everton” o'yinchisi Firminoni irqchilikda aybladi
06 jan 2018 15:45
Yangiliklar
“Everton” o'yinchisi Firminoni irqchilikda aybladi
“Everton” himoyachisi Meyson Xolgeyt “Liverpul” yarim himoyachisi Roberto Firminoni irqchilik qilishda ayblamoqda.
Futbolchining Mirror nashriga malum qilishicha, braziliyalik yarim himoyachi Xolgeytni o'yin davomida tahqirlab kelgan. Xolgeyt bu haqda shikoyat qilganini o'yinni boshqargan hakam tasdqiladi. Ushbu holat o'yin protokolida ham qayd qilib qo'yilgan.
“Everton” bosh murabbiyi Sem Ellardays AFAdan bu borada tekshirish olib borishlarini va Roberto Firminoga jiddiy chora ko'rilishini so'radi.
Eslatib o'tamiz, Angliya kubogi doirasida bo'lib o'tgan Liverpul derbisida Yurgen Klopp shogirdlari “Everton”ni, jamoaning yangi azosi Virjil van Deyk tomonidan kiritilgan gol evaziga mag'lub qildi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar