"Everton" "CHelsi" futbolchisini sotib olishi mumkin
21 iyu 2019 12:39
Yangiliklar


"Everton" "CHelsi" futbolchisini sotib olishi mumkin
"CHelsi" himoyachisi Kurt Zuma "Everton" bilan to'liq formatda shartnoma imzolashi mumkin.
24 yoshli futbolchi yakunlangan mavsumni aynan mersisaydliklar tarkibida ijarada o'tkazdi.
Franciyalik futbolchini xarid qilishni klub bosh murabbiyi Marko Silva xohlamoqda.
Zuma "Sent-Eten" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va faoliyatini aynan shu klubda boshlagan. 2014 yilda "CHelsi" himoyachini sotib olgan. "Aristokratlar" futbolchini turli yillarda "Sent-Eten", "Stok Siti" va "Everton" klublariga ijaraga bergan.
Futbolchi 2015 yildan boshlab Franciya terma jamoasi o'yinchisi sanaladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar