“Everton” 30 million evro evaziga Italiyadan hujumchi sotib oldi

Alisher
30 avg 2023, 08:57
“Everton” yozning so'nggi kunlarida navbatdagi transferini e'lon qildi.

Ingliz jamoasi “Udineze” hujumchisi Beto bilan shartnoma tuzganini rasman e'lon qildi. 25 yoshli hujumchi uchun liverpulliklar 30 million evro to'lashdi. Futbolchi klub bilan to'rt yillik shartnoma imzoladi.

Beto o'tgan mavsum 34 ta uchrashuvda 10 ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com