Eto'O: "Mourino afrikaliklarga ishonadi"
22 avg 2022 02:09
Yangiliklar


Eto'O: "Mourino afrikaliklarga ishonadi"
Mashhur sobiq futbolchi Samuel Eto'O Joze Mourino haqida gapirdi.
Kamerunlik hujumchi o'z vaqtida "Inter"da portugaliyalik murabbiy qo'l ostida ishlagan.
"Mourino dunyoning eng yaxshi murabbiyi, chunki u afrikalik futbolchilarni kuchli deb hisoblaydi. Joze afrikalik futbolchilarga shunchalik ishonadiki, ularga istalgan vaqtda imkoniyat beradi. Yaqinda u dam olish uchun Namibiyaga ham tashrif buyurdi", - dedi Eto'O.
Samuel Eto'O Joze Mourino qo'l ostida 2009/2010 yilgi mavsumda Italiya chempionati, Italiya kubogi va CHempionlar ligasida g'olib chiqqandi.
Hozirda portugaliyalik mutaxassis "Roma"ni boshqarmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar