

“Ronaldu haqiqatan ham yuzaga kelgan vaziyatdan xafa bo'lgan. Uning aytishicha, unga qo'yilgan ayblovlar noto'g'ri, sababi u barcha soliqlarni o'z vaqtida to'lab kelgan. Vaziyat izdan chiqib bormoqda.
Krishtianu Ispaniyani tark etish payida. Voqealar rivojini kuzatamiz, ammo u bu voqealarni yuragiga yaqin olgan”, deya xabar bermoqda manba.
Ronalduning jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi dastlabki xabarni Portugaliyaning A Bola nashri bergandi. Hujumchi bu voqealarda o'zini nohaq ayblovlar qurboni bo'lgan deya hisoblab, faoliyatini Ispaniyadan boshqa joyda davom ettirmoqchi.



