So’nggi yangiliklar

09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  0 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  8 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  3 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  6 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0

Eshmurodov va Berdievning diskvalifikaciyasi tugadi (Qarshidagi o'yindan 11 fakt) Yangiliklar

Eshmurodov va Berdievning diskvalifikaciyasi tugadi (Qarshidagi o'yindan 11 fakt)

Superliganing 24-turida Qarshida mehmon bo'lgan "Qo'qon-1912" mezbonlarga imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Nasaf

Husayin Norchaev - 10', Bahrom Abdurahimov - 57', Alibek Davronov - 68'

Superliga. 24-tur

15/11/2021, 14:00

1
:
3
Tugadi

Qo’qon-1912

Andrey Sidorov - 76'

45'
90'
10'  Husayin Norchaev
10'  Marko Stanoevich
57'  Bahrom Abdurahimov
57'  Dilshod Saitov
59'  Bahrom Abdurahimov (Doniyor Narzullayev)
68'  Alibek Davronov
68'  Marko Stanoevich
69'  Husayin Norchaev (Andriya Kaluderovich)
69'  Dilshod Saitov (ZHo'rabek Mannonov)
76'  Doniyor Narzullayev (SHohmalik Komilov)
28'  Anvar Hojimirzaev
46'  Anvar Hojimirzaev (Andrey Sidorov)
64'  Slavko Lukich (Avazxon Mamatxo’jaev)
64'  Muhammadanas Hasanov (Suhrob Berdiyev)
76'  Andrey Sidorov
76'  Avazxon Mamatxo’jaev
88'  Ilhom Vahobov (Aleksandr Merzlyakov)

Mazkur bahsga taalluqli qiziq malumotlarni yig'ib chiqdik.

1. 2002 yilda tug'ilgan Alibek Davronov ("Nasaf") Superligadagi debyut golini urdi.

2. Bahrom Abdurahimov gol urgan oxirgi 14 ta o'yinda uning jamoalari yutqazmayapti. Bunaqasi so'nggi bor 2017 yilning 4 iyulida sodir bo'lgan edi ("Bunyodkor" 3:2 "Nasaf").

3. Andrey Sidorov Superliganing joriy mavsumida 2-golini urdi. Bunaqasi 2016 yildan beri kuzatilmayotgandi.

4. "Qo'qon-1912" 3-marta 1 o'yinda 2tadan ko'p gol o'tkazib yubordi. Bunga qadar "Paxtakor" va "So'g'diyona" Ashurmatov jamoasiga 3 tadan gol urgandi.

5. "Ajdarlar"ning mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasi 9 ta o'yinga etdi.

6. "Qo'qon-1912" 6 o'yindan keyin yana engildi.

7. Qarshida 13 bor mehmon bo'lgan "Qo'qon-1912" hech qachon g'alaba qozona bilmagan.

8. Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari qatorasiga 16-o'yinida to'p kiritgani holda Superligadagi eng yaxshi golli seriyani qayd etmoqda. Jamoa so'nggi bor 8-turda maydonni golsiz tark etgandi ("Paxtakor" 3:0 "Qo'qon-1912").

9. Bugun 3 nafar futbolchi sobiq klubiga qarshi o'ynadi — Suxrob Nurulloev ("Nasaf"), Bobur Akbarov va Slavko Lukich ("Nasaf").

10. Uchrashuvni 2 302 muxlis stadionning o'zidan tomosha qildi.

11. Ro'ziqul Berdiev va Umar Eshmurodovning diskvalifikaciyasi tugadi. Ular 25-tur doirasidagi "So'g'diyona" bilan o'yinda "ajdarlar"ga yordam berishlari mumkin.

Superligada kim "snayper" bo'ladi?

Muallif :
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика