Eshli Koul Lempardga maslahat berdi
14 dek 2019 20:29
Yangiliklar


Eshli Koul Lempardga maslahat berdi
"CHelsi"ning sobiq futbolchisi Eshli Koul "aristokratlar" bosh murabbiyi Frenk Lempardga maslahat berdi.
"Lempard "Lester" himoyachisi CHiluellga etibor qaratishi kerak. Uni "CHelsi"da ko'rishni juda ham istayapman. U juda ham sifatli futbolchi, eshitishimga qaraganda u "CHelsi"ga muxlislik qilar ekan. Biroq, uning o'zi "Lester"dan ketishni istarmikin? Klub uni sotishga tayyormi? "CHelsi" va "Lester" bu borada muzokara o'tkazsa, yomon bo'lmasdi", - dedi Koul.
22 yoshli CHiluell ushbu mavsumda "Lester" tarkibida 13 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi. Uning transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar