Eshli Koul Angliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaydi
12 may 2014 08:55
Yangiliklar
Eshli Koul Angliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaydi
"CHelsi" futbolchisi Eshli Koul Angliya terma jamoasidagi faoliyatini tugatishini malum qildi.
33 yoshli futbolchi bunday qarorga JCH-2014ning yakuniy tarkibiga kirmaganidan keyin keldi.
"Menga Roy Xojson qo'ng'iroq qildi. Va biz yoshlarga yo'l berishga qaror qildik.
O'ylaymanki, hozir termadagi faoliyatimni yakunlashimning ayni pallasi. Bizda alo darajadagi murabbiy, ajoyib terma jamoa bor. Ularga faqat g'alaba tilayman. Muxlis sifatida qo'llab-quvvatlab turaman. Barchasi uchun raxmat", - deb yozadi futbolchi o'z tvitterida.
Fikrlar