So’nggi yangiliklar

11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  0 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  0 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  7 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  0 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  6 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  15 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1

"Eshitdik-da"ning insaydi tasdiqlandi. Maksim Lisicin – Qirg'iz Respublikasi bosh murabbiyi! Yangiliklar

"Eshitdik-da"ning insaydi tasdiqlandi. Maksim Lisicin – Qirg'iz Respublikasi bosh murabbiyi!

Rossiyalik 46 yoshli mutaxassis Maksim Lisicin Qirg'iz Respublikasi milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

U terma jamoani sentyabr oyida boshlanadigan 2026 yilgi Jahon chempionatiga saralashning uchinchi bosqichiga tayyorlaydi.

Maksim Lisicin Qirg'iz Respublikasidagi faoliyatini 4 yil avval boshlagan. 2022 yilda uning boshchiligidagi U-20 yoshlar terma jamoasi Osiyo Kubogi finaliga chiqdi. Bundan tashqari, rossiyalik mutaxassis Qirg'iz Respublikasining 23 yoshgacha bo'lgan olimpiya terma jamoasini Osiyo chempionati saralash o'yinlarida boshqarib bordi.

Kecha Qirg'iz futbol ittifoqi ijroiya qo'mitasi Lisicin nomzodini maqullagach, QR futbol federaciyasi prezidenti Qamchibek Tashiev jamoaning yangi bosh murabbiyi bilan uchrashdi. U jamoaning yangi murabbiyiga muvaffaqiyat tiladi va uning rahbarligida jamoa yangi marralarni zabt etishiga ishonch bildirdi.

Qirg'iz futbol ittifoqi va yangi bosh murabbiy o'rtasidagi shartnoma 1 yilga mo'ljallangan. Maksim Lisicin Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichi yakuniga qadar ishlaydi.

Avvalroq Championat.asia sayti Lisicin Qirg'iz Respublikasi bosh murabbiyiga aylanishi haqida xabar bergan edik. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика